
Fidokorona xizmatlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasining 2003- yil 29 -avgustda Qonun bilan taʼsis etilgan. Bu orden bilan mamlakatning iqtisodiy
va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini
kuchaytirish va milliy xavfsizligini taʼminlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni,
millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta
hissa qoʻshgan, oʻzining isteʼdodi, bilim va tajribasini Vatan ravnaqiga baxsh etib,
fidoyilik namunasini koʻrsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham
mukofotlanishi mumkin. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumushdan
tayyorlanadi hamda 8 qirrali yoqut rangli yulduz shaklida boʻladi.