SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2017
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192122232425
262728    
   Tadbirlar

Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning xalq xo‘jaligiga va aholiga xizmat ko‘rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston avtomobil transporti” (“O‘zavtotrans”) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.

Hajviy adabiyot an'analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste'dodli adiblardan biri Anvar Obidjon

Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yili Toshkentda tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, 1969-1973 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qidi.

1997 yil 8 yanvarda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» ijodiy birlashmasi tashkil topdi, birlashma qoshida maxsus jamg‘arma tuzildi, xoreografiya bilim yurti negizida esa Toshkent milliy raqs va xoreografiya maktabi barpo etildi.

Presli (Presley) Aaron Elvis 1935 yil 8 yanvarda Tupel, Missisipi shtatida tug‘ilgan, amerika xonandasi va kinoaktyor. Rok musiqa asoschilaridan

Parijda o‘zining shaxsiy uyining yerto‘lasida tajriba o‘tkazayotib, fizik Jan Bernar Leon Fuko tungi soat 2 da ish jurnalida muhim ma’lumotni yozgan – u tomonidan yasalgan asbob (ilm tarixida Fuko mayatnigi deb nomlangan) Yerning aylanishini yaqqol ko‘rsatgan.

Yosh kinorejissyor Sarvar Karimovning «Sehrli qalpoqcha» badiy filmi Moskva kinofestivalida «Ertakdagi hazil-mutoyiba» va «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyalarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Pyotr I ning tashabbusi bo‘yicha graf Yakov Bryus redaksiyasi ostida birinchi fuqarolik taqvimi chiqarildi, u 1706 yildan boshlab Rossiyada kitob nashr qilish bilan shug‘ullangan.

Ginaykratiya - Gretsiyada Ayollar festivali bo‘lib, bayram kunida ayollar uy yumushlaridan ozod qilinib, ular 8 yanvar kuni o‘z vaqtlarini kafeda o‘tkazishadi.

Bolalar uchun namoyish qilingan filmlarning 100 yilligini nishonlash maqsadida, Moskva bolalar fondining tashabbusi bilan Moskva shahrining rahbariyati 1998 yilda 8 yanvarni Bolalar kinosi kuni deb belgiladi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan