SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
67891011
12131415161718
19202122232425
262728    
   Tadbirlar

Farmer (Farmer) Genri Jorj (1882.17.1, Birr, Irlandiya – 1965.30.12,Karluk, Lanark grafligi) – ingliz musiqashunosi, dirijyor, kompozitor.

Gossek Fransua Jozef (1734. 17.1, Belgiyadagi Verni shahri – 1828. 16.2, Passi, Parij yonida)- fransuz kompozitori, dirijyor, pedagog.

Chiburdanidze Maya Grigorevna (1961.17.1, Kutaisi shahri) – gruzin shaxmatchisi.

T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti – 1929 yil 17 yanvarda Samarqandda O‘zbekiston davlat ilmiy tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan. 1931 yildan Toshkent shahrida.

17 yanvar – bu qanday kun? Bilasizmi, suv chang'ilarini, issiq quloqchinlarni, yog'och cho'plardagi mevali muzqaymoqlarni va Brayl yozuvini nima birlashtiradi ?. Ha, shak-shubhasiz bu narsalar bolalar tomonidan ixtiro qilingan.

Jondor tumani – Buxoro viloyatidagi tuman (1935 yil 17 yanvarda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrdan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida bo‘lgan, 1967 yil 9 yanvarda qayta tuzilgan). Jondor tumani janubiy-g‘arbdan Olot, Qorako‘l tumanlari, sharq va shimoliy-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,17 ming km2. Aholisi 123,7 ming kishi (2001). Jondor tumanida 1 shaharcha (Jondor), 13 qishloq fuqorolari yig‘ini bor. Markazi – Jondor shaharchasi.

Jeyms Kuk mashhur ingliz dengizchi-sayyohi va kartografi, qator yangi yerlarni kashf etgan shaxs hisoblanadi. Dunyo okeanini tadqiq qilish maqsadida amalga oshirilgan Yer shari bo‘ylab uchta aylanma sayohatlarga boshchilik qilgan va talay muhim geografik kashfiyotlar qilgan.

Tasviriy san'atning deyarli barcha yo’nalishida o'z iste'dodini sinab ko'rgan rus rassomi Vrubel Mixail Aleksandrovich 1856 yil 17 martda Omsk shahrida tavallud topgan.

Benjamin 1706 yil 17 yanvarda katta hunarmand oilasida tug‘ilgan. Biografiyasida yozilishocha ikki yil davomida Franklin maktabda o‘qidi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun pul yetarli bo‘lmaganligi uchun o‘zi mustaqil bilim olgan.

Muhammad Ali (1942) — bokschi, 1942-yil 17-yanvarda Kentukki shtatining Luisvill shahrida tugʻilgan. Eng yaxshi ogʻir vazn toifasidagi boks chempioni sifatida tanilgan, eng Buyuk deb ataladi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan