

Chkalov Valeriy Pavlovich (1904.2.2, Chkalovsk – 1938.15.2, Moskva), - rus sinovchi – uchuvchisi, kombrig (1938)

Gekkel Ernst (1834.16.02, Potsdam – 1919.9.8, Yena) – nemis biologi. Yena universitetida professor (1862 – 1909).

Krilov Ivan Andreyevich (1769.2.2, Moskva – 1844.9.11, Peterburg) – rus yozuvchisi, masalchi.

Suv - botqoq xududlari kuni 1971 yilda YUNESKO qarori bilan Eronning Ramsar shahridagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv - botqoq hududlarda yashovchi qushlarni himoyaga olish maqsadida Konvensiyaning imzolanshi asosida joriy etildi.

Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi – O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi. 1998 yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan.

Jeyms Joys (1882.2.2, Dublin (Irlandiya) – 1941.13.1, Parij) – ingliz yozuvchisi. “Dublinliklar” (1914) hikoyalar to‘plami, “Rassomning yoshlikdagi portreti” (1916), “Uliss” (1922), “Finnegancha ma’raka” (1939) romanlarining muallifi.

Sultonov Muhammad Alievich 1915 yil 2 fevralda Toshkentda tug‘ilgan, gelmintolog olim. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968), biologiya fanlari doktori (1963).
Sug‘ur o‘z soyasini ko‘radimi? 2 fevral – Cug‘ur kuni AQSh va Kanadada har yili nishonlanadigan an’anaviy xalq bayrami. Bu kuni sug‘urning o‘z inidan chiqishini va uning xatti-harakatini kuzatish orqali bahorning yaqinlashayotganini bilish mumkin deb hisoblanadi.

Ozarbayjonda 170ga yaqin yoshlar tashkilotlari ro‘yxatga olingan. Bu tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan eng muhim masala - yoshlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha amalda tadbirlar o‘tkazish, hamda yoshlarning muammolarini tez va ijobiy hal qilish va yordam ko‘rsatishdir.

Karnavalning asosiy marosimlaridan biri- guruhlar va oilaviy yoki do‘stlar jamoalarining yurishlari bo‘lib, ular sho‘x kulgu va zavq bilan olib boriladi. Karnavalning yakshanba va dushanba kunlari bosh maydonda turli xor jamoalarining chiqishlari tashkil qilinadi.