

To‘ra Sulaymon baxshiyona shoir bo‘lib, asli Jizzaxning Baxmal tumani , Yoyilma qishlog‘idan bo‘ladi.
2003 yil 4 fevral Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar Ramzi (gerbi) Tasviri qisman o‘zgartirildi Toshkent gerbi – ilk o‘rta asrlardayoq Toshkentning o‘ziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) shaharning nishoni qoplon (tog‘ barsi) bo‘lgan

Internet xizmati – axborot tarqatishning yangi vositasi. Toshkentda 1994 yil 4 fevralda kompyuter aloqasi tarmog‘i (1996 yildan UzPAK) tashkil etilib, internetdan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Har yili 4 fevral - Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kunida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro saraton kasalligini o‘rganish bo‘yicha agentligi saraton kasalligining g‘am-tashfishlarini yengillashtirish maqsadida ma’lumotnomalar tarqatishda xalqaro saraton kasalligiga qarshi ittifoqiga katta yordam beradilar.

Vashington Jorj (1732.22.2, Brijs-Krik shahri, Virginiya shtati – 1799.14.12, Maunt Vernon) (1789-97), Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun urush paytida (1775-83) kolonistlar armiyasining bosh qo‘mondoni (bu armiya ingliz mustamlakachiligiga barham berib, uning jangovar harakatlari AQSh mustaqilligining e’lon qilinishiga olib keldi).

Yepisov Ivan Nilovich (1901.4.2 – Toshkent – 1963.6.10) – opera xonandasi (bas), O‘zbekiston xalq artisti (1952). To‘liq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi.

Shri Lanka (1972 yilgacha Seylon), Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi – Hind okeanidagi Shri Lanka orolida, Hindiston yarim orolidan janubiy-sharqda joylashgan davlat.

“Fidokor” – ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi: O‘zbekiston Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi (FMDP). 1994 yil 4 fevraldan haftada 2 marta chop etiladi

1944 yil 4 fevralda Amerika olimlari Dezoksiribonuklein kislota (DNK) ning tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajarishini isbot qilishdi.
“Ustoz” jamg‘armasi xorijdagi yetakchi o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqod institutlaridapedagog-murabbiylar tayyorlash borasida loyihalar tuzadi, ularni hayyotga tadbiq etadi, o‘qituvchilar malakasini oshirishni ko‘zlab, chet ellarga yuborish maqsadida tanlovlar o‘tkaziladi.