

Rafiq Mo’min XX asr bilan egizak shoir. U 1900 yilning 7 fevralida Namanganda g’oyat faqir va serfarzand bir oilada tavallud topgan.

Pugachenkova Galina Anatolevna (1915.7.02, Olmaota) – san’atshunos, arxeolog olim. O‘zbekiston FA akademigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi(1964).

Fedchenko Aleksey Pavlovich (1844.7.2, Irkutsk- 1873.3.9) – rus tabiatshunosi, O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan olim.

1999 yil 7 fevralda – O‘zbekiston rus akademik drama teatrining qayta qurilgan yangi binosi tantanali ochildi. (Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasi., 24) – Toshkentdagi ko‘hna teatrlardan biri 1934 yil asos solingan. 1936-99 yillar teatr M.Gorkiy nomi bilan yuritilgan. 1967 yildan Akademik teatr. 1999 yildan hozirgi nomda.

Norto‘xta Qilich 1947 yil 7 fevralda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani G‘ishti qishlog‘ida tug‘ilgan.

Lyuis Garri Sinkler (1885.7.2, Sok-Sentr, Minnesota – 1951.10.1, Rim) – amerikalik yozuvchi. Birinchi nasriy asari Tom Gren taxallusi bilan chop etilgan. Bolalarga atalgan bu kitobni “Aeroplanda sayr” (1912) deb nomlagan.

Mavlonova Oysha (1922.7.2, Turkiston – 1991.1.12, Samarqand) – opera xonandasi (messo-soprano) va aktrisa. O‘zbekiston xalq artisti (1974). H.Nosirovaning izdoshi. Jizzax kolxoz-sovxoz teatri (1936-46), Samarqanddagi H. Olimjon nomidagi teatr (1946-64), Samarqand opera va balet teatri (1964-77)da aktrisa va xonanda.

Grenada – Karib dengizidagi Grenada oroli va Grenadina orollari janubiy qismidagi davlat. Maydoni 344,5 km2. Aholisi 98,9 ming kishi (1999). Poytaxti – Sent-Jorjes shahri. Ma’muriy jihatdan 7 tumanga bo‘lingan.

Nevaralar kuni oilaviy bayramdir. Oyning birinchi o'n kunligidagi ushbu fevral voqealari an'anaviy yillik xususiyatga ega.