SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
   Tadbirlar

O‘zbek xalqining ulug‘ ma'rifatparvari, mutafakkiri va buyuk shoiri Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda Hirot shahrida dunyoga keladi.

Qutlibeka Rahimboyeva 1952 yil 9 fevralda Turkmaniston Respublikasi Tasho‘g‘uz viloyatining Oltmish qishlog‘ida tug‘ilgan.

Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan shoirning yangi tagsupaga o'rnatilgan haykali ochildi.

“Toshkent haqiqati” – “Tashkentskaya pravda” – Toshkent viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Muassisi: Toshkent viloyati hokimligi. Toshkent shahrida haftada 2 marta chiqadi.

9 fevral kuni Xalqaro stomatologlar kuni nishonlanadi. Bayram yildan yilga ommaviylashib bormoqda. “Stomatolog” - mutaxassisligi juda qadimiydir. Birinchi bormashina prototipiga 9 ming yil bo‘ldi. AQSh va Fransiya olimlari ana shunday deb tasdiqlaydilar

Jizzax viloyati Forish tumani. Viloyatning shimoliy-g‘arbiy qismini egallaydi. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 9,53 ming km2. Aholisi 74,9 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 2 shaharcha (Uchquloq, Yangiqishloq), 11 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Yangiqishloq shaharchasi.

Samarqand viloyati Paxtachi tumani. Viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan. 1935 yil 9 fevralda Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi bilan tashkil qilingan. Maydoni 1,37 ming km2. Aholisi 116,2 ming kishi, asosan, o‘zbeklar shuningdek, rus, tatar, qozoq, qirg‘iz, tojik, koreys, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 1 shaharcha (Ziyovuddin), 8 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Ziyovuddin shaharchasi.

Gulia Dmitriy Iosifovich (1874.9.2, Suxumi tumani Uarcha qishlog‘i- 1960.7.4, Abxaziya,Agudzer qishlog‘i)-Abxaziya xalq shoiri (1937), yangi abxaz adabiyotining asoschisi;

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani. Viloyatning sharqiy qismida joylashgan. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 0,85 km2. Aholisi 151,1 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 1 shahar (Sho‘rchi), 1 shaharcha (Elbayon bekati),10 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Sho‘rchi shahri.

Toshkent viloyati Chinoz tumani. Viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 0,34 ming km2. Aholisi 116,6 kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan