SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
   Tadbirlar

Shamsiev Porso (1897.10.02, Buxoro – 1972.21.3, Toshkent) – navoiyshunos va matnshunos olim.Filologiya fanlari doktori (1970), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972).

Sharipov Husniddin (1933.10.2 Pop shahar) – shoir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1983)

10 fevral-rus shoiri Pasternak Boris Leonidovich (1890-1960.30.5) Moskva viloyati Peredelkino qishlog‘ida san’atkor oilasida tug‘ilgan.

Brext (Brecht) Bertolt ( 1898.10.2, Augsburg – 1956.14.8, Berlin) – nemis yozuvchisi, rejissor. 1933-47 yillarda muhojirlikda. “Berliner ansambl” teatriga asos solgan (1949). Falsafiy-satirik pesalari zamonaviy, tarixiy va mifologik mavzularda yozilgan.

Jalilov Ikrom 1922 yil 10 fevralda Chimkentda tug‘ilgan, huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990), yuridik fanlari doktori (1972), professor (1988). 2-jahon urushi qatnashchisi.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani. Viloyatning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan. 1939 yil 10 fevralda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Pop tumani bilan birlashtirilgan. 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzilgan). Maydoni 0,45 km2. Aholisi 132,2 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Sirdaryo tumani. Viloyatning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. 1939 yil 10 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 0,55 ming km2. Aholisi 104,5 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 2 shahar (Baxt, Sirdaryo), 9 qishloq fuqarolar yig‘ini bor. Markazi – Sirdaryo shahri.

Erkin Usmon 1952 yil 10 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat chet tillar institutini tugatgan (1978). Dastlabki fantastik hikoyasi — «K. K» (1967).

Sultonov Mo‘min Mannopovich 1947 yil 10 fevralda Toshkenta tug‘ilgan, ganchkor usta. O‘zbekiston xalq ustasi (2000). Toshkent politexnika instituti me’morlik fakultetini tugatgan (1971).

“Hamshira” – hamshiralar, feldsherlar va boshqa tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan ilmiy-amaliy, tibbiy-ma’rifiy jurnal. 1997 yil 10 fevraldan Toshkentda nashr etiladi. 1 yilda 4 marta chiqadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan