

Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi qizlar jamoaviy bellashuvlar bo'yicha Osiyo chempioni bo'lishdi.

Jambul, Jabayev Jambul (1846.16.2, Yettisuv viloyati – 1945.22.6, Olmaota) – qozoq xalq shoiri va oqini. 15 yoshidan o‘lan ayta boshlagan.

Respublikaning sharqiy qismida joylashgan. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 4,3 ming km2. Aholisi 372,2 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari yashaydi.

Yavorskiy Yevgeniy Grigorevich (1909.16.2, Simferopol – 1971.14.11, Toshkent) – O‘zbekiston xalq artisti (1952). Ijodiy faoliyatini 1926 yil Simferopol drama teatrida boshlagan.

Gekkel Ernst (1834.16.02, Potsdam – 1919.9.8, Yena) – nemis biologi. Yena universitetida professor (1862 – 1909). Tropik zonalarda (Seylon oroli va boshqa) ilmiy ishlar olib borib, dengiz hayvonlari, ayniqsa,radiolyariyalar haqida katta asarlar yozgan (1862).
16 fevral kuni Litvada milliy bayram munosabati bilan davlat bayrog‘i osiladi.Bu kuni Litvada eng muhim davlat bayrami - Litva davlati qayta tashkil etilgan kun.

Qadimda shu kundan boshlab Goa nomli qishning beshinchi oyi boshlangan. Turli joylarda Goa oyini turlicha talqin qilingan. Afsonalardan birida bu oyning nomi Qor uyumi, Supurgi va Birinchi yoqqan qor, qor nabirasi va Muz evarasi bo'lgan.

Tutanxamon (taxtga oʻtirgandagi ismi — Nebxeprura) — Misrda Yangi podsholik davri (18sulola)da mil. av. taxminan 1347—1337-yillarda hukm surgan firʼavn.

16-fevral kuni KXDRda Koreya davlat arbobi, partiya va harbiy yetakchi Kim Chen Irning tug‘ilgan kuni nishonlanadi. Bu kun mamlakatda ko'pincha "Yorqin yulduzlar kuni" deb nomlanadi