

Korelli Arkanjello (1653.17.02, Fuzinyano – 1713.18.01, Rim) – italyan skripkachisi,kompozitor,dirijyor,pedagog.

Longfello (Longfellow) Genri Uodsuort (1807.17.2, Portlend, Men shtati – 1882.24.3, Kembridj, Massachusets shtati) – Amerikalik shoir, tarjimon.

!7 fevral- Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 yil,Jeneva) XALQARO QIZIL XOCH VA QIZIL YARIM OY HARAKATI - umumjahon, insonparvarlik harakati. 1863 yilda asos solingan

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1936 yil 17 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 0,33 ming km2. Aholisi 165 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, tatar, uyg‘ur, ukrain, yaxudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 1 shahar (To‘raqo‘rg‘on), 1 shaharcha (Oqtosh), 8 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – To‘raqo‘rg‘on shahri.

Xalqaro mehr ko'rsatish kuni - norasmiy bayram bo'lib, bir qator xalqaro xayriya tashkilotlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan.Ularning fikricha bu bayram dunyoviy ahamiyatga ega.

17 fevral - « Prezidentlar kuni» bayramida siyosatchilar saylovchilar bilan uchrashadilar. Har yili fevral oyining uchinchi dushanba kunida AQShda « Prezidentlar kuni» bayrami nishonlanadi.
Dubayda paralimpiyachilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turnirida Faxriddin Hamroyev 1500 metrni 4 daqiqayu 03,94 soniyada yugurib o’tdi.

Xitoyda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi VI Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchta oltin, to‘rtta kumush, bitta bronza — jami sakkizta medal bilan umumjamoa hisobida to‘rtlikdan joy oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mirtojiyev Ravshan (Jaloliddin) Tursunovich 1954 yil 17 fevral kuni Toshkentda tug’ilgan. 1954 yil P.P Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtining haykaltaroshlik bo’limini F.I Grishenko sinifida bitirgan.1977 Yil A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik institutini yakunlaydi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq V.V. Putinning 2015 yil 21 fevraldagi 86-sonli qarori bilan har yili 17 fevralda nishonlanadigan "Rossiya talabalar jamoalari kuni" (RSO kuni) yangi davlat bayrami tashkil etildi.