SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
   Tadbirlar

Oxunjon Safarovich Safarov - taniqli adabiyotshunos va folklorshunos olim, shoir, filologiya fanlari doktori (1986), professor (1989). O.Safarov 1940 yil 18 fevralda Shofirkon tumanidagi Dodbog’ni qishlog’ida tug’ilgan.

“Mushtum” – hajviy jurnal. Toshkentda oyda bir marta chiqadi. “Mushtum”ning 1-soni 1923 yil 18 fevralda “Turkiston” gazetasiga ilova (3 ming nusxada), chop etilgan. Jurnalning 1-sonida uning tashkilotchilaridan Abdulla Qodiriyning “Mushtum ta’rifida” degan bosh maqolasi berilgan.

Max (Mach) Ernst (1838.18.2, Moraviya – 1916.19.2, Myunxen yaqinidagi Xar shahri) – avstraliyalik faylasuf, fizik. Vena universitetida privat-dotsent (1861), Gras universitetida fizika professori (1864), Pragadagi nemis universitetida fizika professori va rektor (1867), Vena universitetida falsafa professori (1895-1901).

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (“Adolat” SDP) 1995 yil 18 fevralda tashkil topgan. Mamlakatda vujudga kelgan ilk sotsial-demokratik partiyadir.

Shestakov Aleksey Mixaylovich (1889.18.2, Kaluj gubernyasi – 1958.12.5, Toshkent) – O‘zbekiston xalq artisti (1957). Ijodiy faoliyatini 1906 yil boshlagan: Rossiyaning turli teatrlarida ishlagan.

18 - 20 fevral kunlarida (2015 yil uchun sana) dunyo bo‘yicha Xitoy xalqi o‘zining eng shovqin bayrami - Yangi yilni nishonlaydilar. Bayram kunlarida mushakbozlik, paqildoqlarni portlatish bilan boshlanadi, qizil fonarlar yoqiladi.

Aviapochta -havo yo'llari orqali pochtani yetkazib berish. Hozirgi kunda aviapochta ko'p foydali va zamon talabi uchun xizmat qiladigan tarmoqdir.

Bugungi kunda Bosh boshqarmaning asosiy vazifasi passajirlarning va olib ketilayotgan yuklarning xavfsizligini ta'minlashdan, narkotiklarga va portlash vositalariga, terrorizmga qarshi kurashdan iborat.

Fevral oyining o'rtalarida fizika va kimyo sohasida 200 yildan ko'proq vaqt oldin qilingan kashfiyotlardan biriga bag'ishlangan bayram nishonlanadi, ammo uning mevalaridan bugungi kunda hamma bahramand bo'ladi. Bu Batareya kuni.

18-fevral Turkmaniston Diplomatik xodimlari kuni sifatida Respublika Prezidentining 2009-yil fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan