SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
   Tadbirlar

Mazina Juletta (1921.22.2, Bolonya shahri yaqinida-1994) – italyan kinoaktrisasi.

Yo'ldoshev Sadriddin Xo'jaevich 1917 yil 22 fevralda tug'ilgan, biolog olim, akademik (1978), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi (1968). Toshkentda tug'ilgan.

Gers, Xers (Hertz) Genrix Rudolf (1857.22.2, Gamburg - 1894.1.1, Bonn) - nemis fizigi. Elektrodinamika masalalari bilan shug’ullangan, birinchi bo’lib elektromagnit to’lqinlarni kashf etib ( 1888), ularning xossasini tekshirgan.

“Metroloyiha” – loyihalash korxonasi, ma’suliyati cheklangan jamiyat. 1972 yil Toshkent metropolitenini loyihalovchi tadqiqot instituti sifatida tashkil qilindi.

“Adolat” – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (SDP) gazetasi. 1995 yil 22 fevraldan Toshkentda chiqa boshlagan. Haftada bir marta chop etiladi.

Shopen Friderik (1810.22.2, Jelyazova Volya, Varshava yaqinida – 1849.17.10, Parij) – polyak kompozitori, pianinochi, musiqiy romantizmning yirik vakili, milliy kompozitorlik maktabi asoschisi.

Mushuklar Yaponiyaga Xitoydan taxminan 6 asrlarda olib kelingan.

Sankt-Peterburgda botanika bog‘i tashkil etilgan. Ushbu bog‘ Petr I ning buyrug‘i bilan ilmiy, amaliy maqsadda foydali (dorivor) yer maydoni sifatida xizmat qilishi uchun tashkil topilgan.

Tarixchilarning taxmini bo‘yicha Ramsesning tug‘ilgan kuni 22 oktyabrga, toj kiyish marosimi 22 fevral kuniga to‘g‘ri keladi, shu sababli har yili 2 marotaba aynan shu sanalarda Abu - Simbelda Quyosh festivali o‘tkaziladi. Bu festival dunyo bo‘yicha eng ajoyib bayramlardan biri hisoblanadi.

Bugun birinchi Prezidentning tavallud kunini nishonlayotgan amerikaliklar nafaqat uning siyosiy va harbiy fazilatlarini, balki halolligini ham eslashadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan