SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
   Tadbirlar

Xaritaga asosan, 31-mart kuni Tokio, Xirosima, Fukuoka, Osaka kabi mamlakatning nisbatan markaziy va janubiy qismlarida sakura gullagan. 10-aprel kuni Niigatada, 20-aprel kuni Nagoya va Sendayda, 30-aprel kuni esa Yaponiyaning shimoliy prefekturalarida yapon olchasining gullashi taxmin qilinmoqda.

Dakart Rene fikricha, harakatning umumiy sababchisi xudo bo’lib, u materiya, harakat va osoyishtalikni yaratgan. Inson jonsiz a'zoi badanni tafakkurga va irodaga ega bo’lgan jon bilan bog’lab turadi. Dakart Rene falsafasi xudo, jism va jondan iborat uchta tug’ma g’oya bor degan qoidaga asoslanadi. U xudoning mavjudligini, tashqi olamning realligini isbotlashga harakat qilgan.

Podsho hukumati O’rta Osiyo hududlarini bosib olishda Prjevalskiy Nikolay to’plagan ma'lumotlardan unumli foydalangan. Prjevalskiy Nikolay asarlari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Markaziy Osiyo va Alyaskadagi bir nechta tabiiy ob'yektlar, bir qancha hayvon va o’simlik turlari Prjevalskiy Nikolay nomi bilan atalgan.

Gaydn Frans Yozef o’z ijodida avstriya, venger, xorvat, italyan va boshqa xalqlar qo’shiqlari va raqs kuylaridan keng foydalangan. Asarlariga yorqin va jozibali obrazlarning xilma-xilligi, musiqa tilining soddaligi bilan birga g’oyaviy butunlik, musiqa rivoji usullarining mukammalligi xos.

Shu kuni konstruktor Gustav Eyfel minora cho’qqisida Fransiyani bayrog’ini o’rnatdi. Bugun Eyfel minoraning konstruksiyasi-Fransiyada eng tanilgan, diqqatga sazovor me'moriy joylaridan bo’lib, dunyoda Parij ramzi hisoblanadi.

Jasur Umirov bahor faslining 31-mart kuni Samarqand shahrida tavallud topdi. Bolalik vaqtida san'at shaydosi edi.

Har yili 31-mart kuni AQShning koʻplab shtatlarida Sezar Chaves kuni nishonlanadi va sakkizta shtatda bu kun davlat bayrami hisoblanadi.

31 mart kuni Turkmanistonda kasb bayrami – Kimyo sanoati xodimlari kuni nishonlanadi, bu mamlakat Prezidentining 2017 yil apreldagi farmoni bilan ta’sis etilgan.

Kompyuterlar va elektronika asrida qimmatli ma'lumotlarni himoya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Moliyaviy ma'lumotlar, ma'lumotlar bazalari yoki veb-sayt ma'lumotlarining yo'qolishi tashkilotdagi katta muammolarga va sezilarli "hamyonga zarba" ga olib kelishi mumkin.

Musa Gilaniyevich Evloev tugʻilgan 1993-yil 31-mart, Nesterovskaya ,Ingushiya .Rossiya — rossiyalik Yunon-Rum Kurashchi 97 kg gacha vazn toifasida, Rossiya terma jamoasi aʼzosi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan