

Operator sifatida osori atiqalar, milliy qadriyatlarimiz haqida hikoya qiluvchi “Sharqning mangu obidalari”, “Buxoro”, “Hamro buvi ertaklari” hujjatli filmlarini yaratgan. 1972 yildan rejissyor sifatida ijod qilib, “Brigada”, “Usta Salimjon”, “Xalq farzandi”, “Mukarrama opa va qirq go’zal”, “Intizor”, “Xotira”, “Qalb saxovati”, “Farzandlar qasamyod qildilar” kabi hujjatli, shuningdek “Aziz” televizion badiiy, “O’zbegim” badiiy – publitsistik filmlarni yaratdi.

1834 yilda “Molva” gazetasida Belinskiyning “Adabiy hayolot” degan dastlabki falsafa va estetikaga doir maqolasi bosilib chiqdi. Shundan keyin Belinskiyning tanqid va publitsistika sohasidagi samarali faoliyati boshlandi.

Pyotr I tashabbusi bilan bir qancha o’quv yurtlari, FA ochilgan, diniy – slavyan alifbosi o’rniga grajdan alifbosi qabul qilingan.

Mirtemirning she’r va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida “she’riyatbop” jihatlarni, ular ruhiy olamidagi go’zallik jilvalarini o’ziga xos noziklik va ziyraklik bilan ko’radi va aks ettiradi.
Atsetilsalitsill kislotasi, yoki oddiygina aspirin, 1853 yilda buyuk olim Karl Gerxardt tomonidan sintez yo‘li bilan ochilgan.

Sir emas-ki, astmaning shavqatsiz asoratlari har bir vaqtda insonni ishga qobiliyatsiz qilib qo'yishi mumkin, allergiya esa insonning immun tizimi “singanligini” va tezkor kompleks davolanish kerakligi to'g'risida signal beradi.

Turkman gilamlarini ishlab chiqarishda asosiy e'tiborni ranglarlarni tayyorlash, xususan to‘q qizil rangni ishlatishga qaratilgan. Gilamning asosiga maxsus sherst tanlangan. Buning uchun faqat saridjin zotidagi oq qo‘ylarning junidan foydalanishgan.

Film 1959 yilda taniqli Sharl Perroning “ Uyqudagi go’zal” ertagi bo’yicha suratga olingan disney multifilmiga taqlid asosida yaratilgan.

Okroshka - rus oshxonasining an’anaviy taomi, eng mashhur yoz taomlaridan biri. Issiqlik kelishi bilan yangi sabzavot va o‘tlar paydo bo‘ladi, bundan tashqari, bu sovuq sho‘rva yoz uchun eng yaxshi ovqat bo‘lib, issiq kunda yaxshi tetiklashtiradi.

Har yili 30-may Peruda Milliy Kartoshka kuni (Dia Nacional de la Papa) nishonlanadi.