

Bank zamonaviy bank tizimini shakllantirish va respublikaning xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini amalga oshira boshlanishi jarayonida qatnashib, tashqi iqtisodiy aloqalarning samarali qo’llab-quvvatlanishini ta'minlaydi. Bank eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarining keng doirasini taqdim etishda faol ishtirok etadi.

Mo’minov Ibrohim Mo’minovich (1908.7.9, hozirgi Shofirkon tumani Tezguzar qishlog’i - 1974.22.7, Toshkent) - faylasuf, olim, jamoat arbobi, O’zbekiston FA akademigi (1956), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari doktori (1950).

Solyami turli-tuman salatlarda o’zini betakrorligi bilan boshqa kolbasalardan ajralib turadi. Bu kolbasani Italiyalik kambag’al dehqonlari go’shtni uzoq qish kunlarida yaxshi saqlanishi uchun o’ylab topishgan.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakat hozirgi nomining kelib chiqishi bu yerdan Yevropaga katta miqdorda olib ketilgan sandal daraxtining turi – “pau – brazil” bilan bog’liq. Mazkur qimmatbaho daraxt Yevropaga buyoq, mebel va musiqa asboblari ishlab chiqarish uchun olib kelingan.

Aleksandr Kuprin Ivanovich (1870. 7.9, Narovchat shahri – 1938.25.8, Leningrad) –rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambag'allar hayotini, og'ir turmush tarzini realistik tasvirlagan.

X.Hasanova 1991-2001 yillarda fortepiano uchun “Variasiyalar”, “Pyesalar”, “Sonatino”, fortepiano va simfonik orkestr uchun bir qismli “Konsert”, simfonik poema, torli orkestr uchun 4 qismli syuita, jo'rsiz xor uchun E.Vohidov so'ziga “Iltijo” ikki qismli turkum xor, skripka, fleyta, goboy, klarnet, fagot kabi cholg'ular, fortepiano jo'rligida yozilgan pyesalar, yog'ochli-damli cholg'ular kvartetiga “Kvartet” larni yaratdi.

Marg’ilonda ibodatxonalar ko’p bo’lgan. Mustamlaka davrida Marg’ilonda 25 madrasa bor edi. 1908 yilda shahar maktablarida 1245 bola va 330 qiz talim olgan. Marg’ilon shahrida o’z davrida ko’plab olim va marifatparvarlar yetishib chiqqan. Marg’ilon - Farg’ona vodiysidagi muhim madaniyat markazi hisoblanadi.