SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
   Tadbirlar

Mirzakalon Ismoiliy (1908.15.10, O’sh - 1986.5.5, Toshkent) - yozuvchi, tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi (1983). O’rta Osiyo universitetining sharq fakul’tetida o’qigan (1928-30) , rabfakda dars bergan.

Obidov Abdurahim Obidovich (1929.15.10, Toshkent) - mikrobiolog - immunolog olim. O‘zbekiston FA akademigi ((2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach (1968), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967). ToshTini tugatgach (1953), Toshkent viloyati YUqori Chirchiq tumanidagi tez yordam stansiyasi bosh vrachi (1953-54), O‘zbekiston FA O‘lka tibbiyot institutida katta ilmiy xodim - doktorant (1960-63)

Mixail Yurevich Lermontov [1814.3(15).10, Moskva — 1841.15(27).7, Pyatigorsk] — rus shoiri. Bolalik chog‘lari Penza gubernyasidagi Tarxan (hozirgi Lermontov) qishlog‘ida kechgan. 1827 yilda buvisi Ye.A.Arseneva bilan birga Moskvaga ko‘chib borgan va 1828 yilda Moskva universiteti qoshidagi pansionning 4-kursiga o‘qishga kirgan.

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yili Farg'ona viloyati Quva tumani Soykeldi qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida dunyoga keldi. Qishloq maktabini bitirib, o'qituvchilik qildi. Ulug` Vatan urushining dastlabki kunlaridanoq harbiy xizmatga chaqirilgan Ibrohim Rahim o'zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qildi. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherklar, hikoyalar, xabarlar yozdi.

BMT Bolalar fondi 15 oktyabr kunini Butunjahon qo'llarni yuvish kuni deb rasmiy e'lon qildi. Ilk bor BMT tomonidan 2008 yil sanitariya yilida ushbu kun bayram sifatida nishonlandi. E'tirof etish kerakki, qo'lni yuvish har bir insonning shaxsiy ishi, boshqa tarafdan qaraganda, BMT hamda Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti belgilaganidek qo'lni yuvmaslik og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Michurin Ivan Vladimirovich (1855.15(27)10, Ryazan’ viloyati , Pronsk tumani – 1935.7.6, Tambov viloyati Michurinsk shahri) –rus amaliyotchisi, seleksioneri , mevali va boshqa o'simliklar ilmiy selksiyasi asoschisi.

Kozlovskiy Aleksey Fyodorovich (1905.15.10,Kiyev – 1977.3.1, Toshkent) – kompozitor, dirijyor. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1944), O'zbekiston xalq artisti (1955), professor (1958), Moskva konservatoriyasini tugatgan (1931).

Bayram 1995 yil Xitoyda BMTning to’rtinchi ayollar konferinsiyasida tasdiqlangan. Qishloqda yashovchi ayollar dunyodagi aholining to’rtinchi qismini tashkil etadi va qishloq tumanlarini rivojlanishida faol ishtirok etadi.

O'qituvchilar kuni bayram sifatida Braziliyada 15 oktyabr kuni nishonlanadi. Bayram tarixi shunday: 1827 yil 15 oktyabr kuni imperator Pedro 1 hukmdorligida avliyo Tereza kuni birinchi marta boshlang'ich ta'lim haqidagi farmonga asosan, shahar, qishloq, aholi punktlari, maktablarida boshlang'ich ta'lim tashkil qilingan.

O’zbekistonda Toshkent-Chimyon dam olish maskanida eng kuchli avtohaydovchilarning o’n birinchi Xalqaro musobaqalari bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston komandasi birinchi o’rinni egalladi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan