SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
   Tadbirlar

Gabriyel Jak Anj (1698.27.10 - Parij - 1782.4.1) - fransuz me'mori. 18-asr klassizm asoschilaridan biri 1742 yildan qirolning birinchi me'mori va me'morning akademiyasining prezidenti.

Abdullayev Maxdi Orifovich (1922.27.10, Buxoro) – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari doktori (1969) professor (1972).

Taniqli o’zbek rassomi, Ortqali Qozoqov 1960 yilning 27 oktyabrida Namangan viloyatida dunyoga kelgan. Atoqi ijodkor yuksak mukofot – O’zbekiston Badiiy Akademiyasining “Oltin medali” (1997 yil) hamda Vatan ravnaqi yo’lida qo’shgan xissasi uchun “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi” fahriy unvoni sohibidir. Taniqli tasviriy san'at ustasi, bir qator yosh, iqtidorli rassomlar avlodini tarbiyalagan ustoz-pedagog

“Mahbub ul-qulub” va “Shajarayi tarakima” asarlarining yig’ma matnini tuzib, nashrga tayyorlagan. B.M. Jirmunskiy bilan hamkorlikda “Kitobi dadam Qo’rqut” (1962)ni nashr ettirgan.

Yer shari bo’ylab aylanma sayohatga chiqqan Mikluxo-Maklay safarini Kronshtatidan boshladi. Kema yo’nalishining Janubiy Amerikaning janubidagi Magellan bo’g’ozi orqali o’tishi Mikluxo-Maklayga Atlantika va Tinch okeanlarining turli qismlarida ilmiy kuzatishlar olib borish imkonini bergan.

Jeyms Kuk mashhur ingliz sayyohi va kartografi, qator yangi yerlarni kashf etgan shaxs hisoblanadi. Dunyo okeanini tadqiq qilish maqsadida amalga oshirilgan Yer shari bo’ylab uchta aylanma sayohatlarga boshchilik qilgan va bir talay muhim geografik kashfiyotlar qilgan.

Ajdodlarning butun jahon merosini saqlash – bu kelajak avlodga o’tmishdagi xotiralarni yetkazish demakdir. 2005 yilda YUNESKOning bosh ijrochi direktori yuneskoning 33-bosh sessiyasida 27 oktyabr kunini Butunjahon audiovizual merosi kuni rezolyutsiyasini tasdiqladilar ya’ni 1980 yilda qabul qilingan hamda harakatlanuvchi tasvirlarni saqlash va ularni muhofaza qilish ma’nosini bildiradi.

Qarshining 2700 yillik to'yi shaharning ijtimoiy, madaniy hayotida yangi sahifalar ochdi. Shahar tarixi, bugungi hayoti haqida o'nlab tarixiy-ilmiy, badiiy, publitsistik, teatr va san'at asarlari yaratildi. Butunjahon shaharsozlik yutuqlari asosida shahar deyarli qayta qurildi. Shaharning bir necha asrlik tarixining ko'zgusi bo'lgan tarixiy me'morchilik yodgorliklari mukammal ta'mirlanib, ularga ikkinchi umr baxsh etildi.

. Tikanli simlardan to’qilgan to’siqlar fermerlarga ancha qulayliklar yaratdi, ular mollarini boqishda otli cho’ponlar (kovboy)lardan foydalanmay qo’yishdi, rancho sohiblariga esa o’z poliz ekinlarini adashib qolgan hayvonlardan asrashga yordam beradi.

Nikkolo besh yoshiga yetganida u birinchi bor kuchli professional musiqachilar ishtirokidagi konsertda qatnashadi. Sakkiz yoshga yetganda Nikkolo o’zining ilk musiqiy asari-skripka sonatasini yozadi. Nikkolo o’n bir yoshida ilk bor gastrol safariga chiqadi. U skripka va gitara uchun 12 ta sonata yozadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan