

Yozuvchi bolalar uchun atalgan “Mio, mening Miom!” (1954), “Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson” (1955), “Tomda yashaydigan Karlson yana uchib keldi” (1962), “Tomda yashaydigan Karlson yana paydo bo'ldi” (1968) kabi kitoblar muallifi.

Mikael Nalbandyan yangi arman adabiy tilining asoschilaridan biri.

«Bobur dilbar shaxs, Uyg'onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo'lgan, u san'atni, adabiyotni sevardi, hayotdan xuzur qilishni yaxshi ko'rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo'lib, ko'p yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan».

Qandli diabetni to'liq davolab bo'lmasada, insulin sharofati bilan odamlar bu kasallikni nazoratda ushlab turishni o'rganishdi.

R. Makleod va boshqalar bilan hamkorlikda me'da osti bezining gormonal funksiyasi ustida tadqiqot olib borgan, birinchi bo'lib insulin gormonini kashf etgan.

Husayn Taxa arab adabiyotida tanqidiy realizm asoschilaridan.

“Tilla shoxlar” (1802) poemasi va “Avliyo Xans sharafiga tungi o'yinlar”(1803) dramasi Daniya romantizimining boshlanishi bo'ldi.

Parijda birinchi bo'lib rasmiy ravishda sotsiologik fanlar taqdim etilgan. 1901 yil 14 noyabrda shu erda ilk bor Rossiyaning oliy ijtimoiy fanlar maktabi ochilgan.

22 yoshli dadil, epchil jurnalist Nelli Blay (haqiqiy ismi Elizabet Kokreyn, 1864-1922) “Nyu-York uorld” gazetasining reportyori Jyul Vernning “Dunyo bo'ylab 80 kun” romani qahramoni rekordini orqada qoldirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.

14 noyabrda butun Hindistonda bolalar kuni bayram qilinadi. U Javoxarlal Neruning tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq. Televideniyaning hamma kanallarida bolalarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar va bolalar muammolariga daxldor tok-shoular beriladi.