SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
   Tadbirlar

Kuper Leon (1930.28.2, Nyu-York) – amerikalik nazariyotchi fizik. Kolumbiya universitetini tugatgan (1951). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, past temperaturalar fizikasi, o‘ta o‘tkazgich va fizika falsafasiga oid.

Karnavallar namoyishi shahar ko‘chalarida 27 fevralda (2014 yil uchun sana) bo‘lib o‘tadi. Fevral oyida Germaniyaning katolik hududlarida Fastnacht yoki Fasching – karnavali bo‘lib o‘tadi.

Radio dastlab aloqa vositasi sifatida ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik undan ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanilgan.

“Jahon adabiyoti” – adabiy-badiiy, ijtimoiy-publisistik jurnal. Muassislari: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi.

Karnaval payshanba kuni ertalabki soat 5-00da boshlanadi. Bayramning boshlanganligi ishorasi-ko‘lga zambarakdan o‘q otilishi. Lyutsernning eski maydoniga «Fritschi» libosidagi kishining chiqishi bilan bayram boshlanadi. Shu ondan boshlab shaharda quvnoq karnaval boshlanib, ijtimoiy hayot to‘xtaydi: tashkilotlar, muzeylar, magazinlar ishlamaydi.

Bektemir tumani - Toshkent shahrining janubiy-sharq tomonida bo‘lib, Katta halqa yo‘lining tashqarisida, asosan, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan.

Steynbek Jon Ernst- 1902 yil 27 fevralda Kaliforniya shtati, Salinas shahrida tug’ilgan. Amerika yozuvchisi.

1932 yil 27 fevralda Angliya fizigi Jeyms Chedvik neytronni kashf etgan. Neytron – tinch holatdagi massasi 1,67٠10-24 g, spini ½, radusi 1,23٠10-23sm, magnit momenti 1,913 yadro magnetoniga teng bo‘lgan elektr jihatdan neytral (elektr zaryadi nolga teng) elementar zarra; atom yadrosining tarkibiy qismi, Proton kabi neytron ham nuklon deb yuritiladi

Oq ayiqlarni faqat Arktika kengliklarida, Shimoliy qutb yaqinlarida uchratish mumkin. 27 fevral kuni “Xalqaro oq ayiqlar kuni” dunyo bo‘yicha nishonlanadi. Bu kunni nishonlashning asosiy maqsadi qutb ayiqlari haqida ma’lumotlarni tarqatish va ularni qo‘riqlash masalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdir, hamda qutb muzliklarining erib borishi natijasida qutb ayiqlarining ko‘payishi yo‘qolib borishi sabablarini hal qilish ishlari ko‘riladi.

Qandolatchilikda pistalarni yong‘oqlilar oilasiga kiritadilar, ammo botanika nuqtai nazaridan kelib chiqqanda pistalar-bu meva urug‘ tanali buta yoki Sumaxovlar oilasiga mansubdirlar.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan