SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222325
262728293031 
   Tadbirlar

Operator sifatida osori atiqalar, milliy qadriyatlarimiz haqida hikoya qiluvchi “Sharqning mangu obidalari”, “Buxoro”, “Hamro buvi ertaklari” hujjatli filmlarini yaratgan. 1972 yildan rejissyor sifatida ijod qilib, “Brigada”, “Usta Salimjon”, “Xalq farzandi”, “Mukarrama opa va qirq go’zal”, “Intizor”, “Xotira”, “Qalb saxovati”, “Farzandlar qasamyod qildilar” kabi hujjatli, shuningdek “Aziz” televizion badiiy, “O’zbegim” badiiy – publitsistik filmlarni yaratdi.

1834 yilda “Molva” gazetasida Belinskiyning “Adabiy hayolot” degan dastlabki falsafa va estetikaga doir maqolasi bosilib chiqdi. Shundan keyin Belinskiyning tanqid va publitsistika sohasidagi samarali faoliyati boshlandi.

Pyotr I tashabbusi bilan bir qancha o’quv yurtlari, FA ochilgan, diniy – slavyan alifbosi o’rniga grajdan alifbosi qabul qilingan.

Mirtemirning she’r va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida “she’riyatbop” jihatlarni, ular ruhiy olamidagi go’zallik jilvalarini o’ziga xos noziklik va ziyraklik bilan ko’radi va aks ettiradi.

Film 1959 yilda taniqli Sharl Perroning “ Uyqudagi go’zal” ertagi bo’yicha suratga olingan disney multifilmiga taqlid asosida yaratilgan.

Turkman gilamlarini ishlab chiqarishda asosiy e'tiborni ranglarlarni tayyorlash, xususan to‘q qizil rangni ishlatishga qaratilgan. Gilamning asosiga maxsus sherst tanlangan. Buning uchun faqat saridjin zotidagi oq qo‘ylarning junidan foydalanishgan.

Hoshimjon Olimjonov (1940.3.5, - 2017.31.05 Andijon viloyati, Qoratepa qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artista (1987). 1961-yildan Andijon teatrida aktyor, rejissyor yordamchisi. "Oq nilufar" spektaklidagi Ariyaka uning teatrdagi birinchi rolidir.

Bayramga fransuz Atanaz Perifan asos solgan. U 1990 yilda o‘z do‘stlari bilan Parijning 17 okrugida “Paris d`Amis” assotsiatsiyasini tuzdi.

A.Eynshteyn 1905 yilda “Harakatlanuvchi muhitning elektrodinamikasi” nomli ishini e'lon qildi. Ishda maxsus nisbiylik nazariyasining asoslari bayon qilingan edi. Maxsus sozi, nazariyada, faqatgina inersial sanoq sistemalarida roy beradigan hodisalargagina qaralishini ta'kidlaydi. Shu bilan birga, maxsus nisbiylik nazariyasida fazo va vaqtning xususiyatlari: fazoning bir jinsligi va izotropligi, vaqtning bir jinsliligi asos qilib olingan. Maxsus nisbiylik nazariyasini ko’pincha relativistik nazariya, uning effektlarini esa relativistik effektlar deb atashadi.

Hozirda xonanda o'z ish faoliyatini "Tomosha" bolalar musiqiy teatrining rejissyori, hamda vokaldan bolalarga saboq beradi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan