SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
   Tadbirlar

Mambetova Suluvxon (1933.1.1, Chimboy) – qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi. Qoraqalpog‘iston (1963), O‘zbekiston (1969) xalq artisti.

Mannopov Sultonali (1948.1.1, Quva tumani) – xonanda, dirijyor. O‘zbekiston xalq artisti (1999). Farg‘ona pedagogika institutini tugatgan (1974). Xonandalik san’аti sirlarini T.Qodirov, M.Madaliev kabi ustozlardan o‘rgangan.

1885 yil 1 yanvardan Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshladi. 1913 yilda hozir O‘zbekistonda 3 telegraf bo‘limi va 2 telegraf idorasi ishladi. 1932 yil Toshkentda Markaziy telegraf ishlay boshladi.

1996 yil 1 yanvarda «Inson va qonun» gazetasi birinchi marta Toshkentda nashr etilgan.«Inson va qonun» – O‘zbekiston Respublikasining huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasi. Muassisi – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Sodiqov Zohid (1910.1.1, Toshkent – 1962.12.4, Samarqand) – O‘zbekiston xalq artisti (1950). Ijodini 1924-34 yillar Toshkent ishchi-yoshlar teatrida drama va musiqali drama spektakllarida rollar ijro etish bilan boshlagan.

1991 yil 1yanvar – “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetasining 1-soni chiqdi.

1995 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida yangi pasport joriy etildi. “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.

Ahmedov Murodjon (1918. 1.1, Qo’qon yaqinidagi Afg`on qishlog’i -1988. 18 .5, Qo’qon) - aktyor va xonanda (dramatik bariton). O’zbekiston xalq artisti (1967). Hamroqul qori. Rahmon hofizlardan ashula yo’llarini, Mirzatovdan sahna sirlarini o’rgangan.

Yoqutxon Rahimova 1947 yil 1 yanvarda Toshkentda ziyoli oilasida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, u odatdagidek, filologiya yoki jurnalistika fakultetlariga emas, Toshkent Davlat Politexnika institutiga boradi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan