

Muhammadjonov Zikir (Zokir) (1921.1.1, Toshkent) – O‘zbekiston xalq artisti (1962). O‘zbekiston Qahramoni (2003). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1949).

Muxtorov Abdurahim (1931.1.1, Samarqand) – kulol, mayda shakllar ustasi. O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1998). Usta U.Jo‘raqulovdan hunar o‘rgangan. 1962 yildan mustaqil ishlaydi.

1 yanvardan Yaponiya uchun eng muhim bo‘lgan bayramlar mavsumi boshlanadi. Yaponiyaliklar bu davrni “syo: gasu yoki o-syo: gasu” deb atashadi.

Bu bayram jarayonida odamlar o‘z ajdodlariga qaytadilar. Hamma o‘z uyiga qaytishga harakat qiladi, hatto ming kilometr uzoqda bo‘lishsa ham oila davrasida bo‘lishga intilishadi.
Mamlakat hududini shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin: g‘arbda -Bogemiya, sharqda Moravmiya. Hududning g‘arbiy qismi past tog‘lar bilan o‘ralgan tekisliklar, tepaliklar va yassitog‘lardan iborat.

Kamerun mustaqillik kuni. 50 yildan buyon g‘arbiy Afrikadagi Kamerunliklar o‘zining asosiy bayrami bo‘lgan Mustaqillik kunini har yili nishonlab keladi. Bu Respublikada nafaqat bayram balki davlat tarixidagi eng muhim kundir.