SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
282930   
   Tadbirlar

Abutaliyev Faradey parabolik tipdagi no chiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimlarini topish uchun tejamli hisoblash sxemalarini ishlab chiqdi.

Gersen Aleksandr Belinskiy izidan borib, san’atda tanqidiy realizm tamoyillarini qo’llab-quvatlagan. Sa’natning hayot bilan uzviy bog’liqligini ta’kidlab, ilg’or g’oyalarini targ’ib etishda adabiyotni siyosiy minbar deb hisoblagan.

Rahimova Gulora (1948 25.03, Bog’ot tumani Bog’ot qishlog’i) - aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1992). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1970). 1973 yilidan Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida ishlaydi. U avval yakkaxon xonanda, keyinroq spektakllarda bosh rollarda chiqa boshlagan.

Tojiyev Mirsodiq yaratgan musiqiy-sahnaviy asarlari orasida «Chollar va kampirlar» (H. Sharipov), «Qaydasan, jon bolam» musiqali komediyalari, «Kumush» (Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romani asosida) operasi va boshqalar.

“Bolalar adabiyoti” audio diskli jurnaliga 2016 yil uchun 9 oylik va 6 oylik obunasi davom etmoqda! Farzandlarimiz ma’naviy boylik olishlari uchun ko‘mak bering.

Italiyaning shimolida joylashgan mashхur Venetsiya afsonalarga ko'ra 421 yilning aynan shu kuni tashkil topgan.

Sa'dulla Siyoyev (1939-2021) Sa'dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istonning Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‘ida oilasida tug‘ildi. Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami «Qasam ichmagan yigit» 1970 yilda chop etildi. Shundan so‘ng S.Siyoyevning «Sadag‘ang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), «Oy borib, omon keling» (1976), «Og‘ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqqan.

Har yili Florensiyaning markaziy maydonlaridan biri -Santa Kroche futbol maydoniga aylanadi. 25 martda-San Djovani, Santa Mariya Novella, Santo Spirito va Santa Kroche shaharlarining rayonlarida Florensiya futboli bo’yicha eng yaxshi komanda huquqini olish uchun kurashadilar.

Amichi Jovanni mikroskopni takomillashtirib, immersiya, ya'ni tekshirilayotgan narsa bilan mikroskop ob'ektivi oralig'iga suyuqlik tomizish usulini ishlab chiqqan.

Bartok Bela ijodida ko'p yillar davomida turli mamlakatlar (Vengriya, Ukraina, Ruminiya, Turkiya va boshqalar)da o'zi yozib olgan (jami 11 mingdan ziyod) venger dehqonlari folslori, rumin, slovak, arab, turk, ukrain va boshqa xalqlar kuylarini qiyosan o'rgangan va qiyosiy musiqa folklorshunosligiga asos solgan.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan