SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222325
262728293031 
   Tadbirlar
0000-09-29
Otolaringoglar kuni

Har yili 29 sentyabr kuni otolaringoglar kuni kasbi bayrami keng nishonlanadi Otolaringogiya grekcha so'zdan olingan bo'lib , (quloq, burun , tomoq) quloq , tomoq, burun va yondosh bo'shliqlarini anatomik va fiziologik tuzilishi , hamda ularning diagnostikasi , davolash va profilaktikasini o'rganuchi tibbiyotning eng muhim qismi hisoblanadi.

Termiz tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan.

1926 yil 29 sentyabr – Andijon viloyatidagi Paxtaobod tumani tashkil qilingan.

Shahrisabz tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Kitob tumani, sharqdan Tojikiston, Surxondaryo viloyati, janubdan Yakkabog’, Qamashi, g’arbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,70 ming km2. Aholisi 272,4 ming kishi (2004).

Shahrixon tumani - Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. G’arbdan Bo’z, shimoldan Baliqchi, Oltinko’l, sharqdan Asaka, janubdan Farg’ona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km2. Aholisi 215,3 ming kishi (2004).

Toshkentda 2012 yil 28 sentyabr kuni “Bunyodkor” sport kompleksining ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi.

28-sentyabr - Xalqaro axborotga umumiy kirish kuni, YUNESKO tomonidan 2015 yilda taʼsis etilgan unutilmas sana. 2019 yilda BMT Bosh assambleyasi ushbu sanani xalqaro kunlar ro‘yxatiga kiritdi.

Kung Futsе 28 sentyabrda tavallud topgan bo’lib, u Xitoyda eramizdan avvalgi VI asr atrofida yashagan. Konfutsiy dunyodagi eng zabardast diniy ustozlardan bo’lgan

Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad al-Havofiy (1375.28.9, - taxminan 1443) – tarixchi olim, Temuriylar saroyida xizmat qilgan. Davlat yo'llari bilan Hirotdan Samarqandga - Xalil Sulton huzuriga jo'natilgan.

Alimov Shokir Alimovich (1912.28.9-1976.18.3, Toshkent) – ftiziatr, O’zbekiston FA akademigi (1974). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1962), tibbiyot fanlari doktori (1951), professor (1953).

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan