

1924 yil 25 yanvarda Olimpiya o‘yinlarida Kyorling bo‘yicha musobaqalar namoyish etildi. Muz bilyardimi?, muz pokeri yoki muz shaxmatimi? Bu sport turini “muz bilyardi”, ”muz pokeri” va “muz shaxmati” deb atashadi.

25 yanvar- Rossiyada talabalar kuni, talaba o‘quv jarayonidan dam olishdek imkoniyatni hech qachon qo‘ldan chiqarmaydi. Rossiyada 25 yanvarda nishonlanadigan Talabalar kunini bilmaydigan va uni nishonlamaydigan talaba bo‘lmasa kerak.

Vayl Makr Yakovlevich (1952.25.1,Toshkent) – rejissyor, teatrshunos. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989). Toshkent davlat san’at institutining teatrshunoslik (1983) bo‘limini tugatgan.

Visotskiy Vladimir Semyonovich (1938.25.1. – Moskva – 1980.25.7) – rus aktyori, shoir, qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi. Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964-1980).

Ergasheva Ma’mura Zokirjonovna (1951.25.01, Toshkent) – raqqosa, baletmeyster. O‘zbekiston xalq artisti (1983). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1969), Toshkent chet tillar instituti (fransuz bo‘limi)ni tugatgan (1977).

25 yanvar kuni fransuz olimi Jozef Lui Lagranj(1736-1813) tug‘ilgan. U matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan.

Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, to‘xtovsiz ravishda tabiatga ta’sir ko‘rsatib, undan foydalanish va o‘ziga qulay qilish maqsadida o‘zgartirib kelmoqda. Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi. Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.

Loyiha asoschisi - Maksim Spiridonov, bir qancha veb-servislarning asoschisi. Asosan saytga ensiklopediyaga oid bayramlar g`oyasi kiradi.

Jahon adabiyotida mashhur yozuvchi va dramaturg Somerset Moem (1874-1965) ijodi alohida o‘ringa ega. U asarlarida qahramonlar ruhiy olamini teran yoritgani va badiiy so‘z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyish etgani bois juda keng kitobxonlar ommasining e’tiborini qozondi.

O‘zbekiston Respublikasi 2006 yil 25 yanvardan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga rasman a’zo bo‘ldi.