SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222324
262728293031 
   Tavallud kunlar

25 yanvar kuni fransuz olimi Jozef Lui Lagranj(1736-1813) tug‘ilgan. U matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan.

Jahon adabiyotida mashhur yozuvchi va dramaturg Somerset Moem (1874-1965) ijodi alohida o‘ringa ega. U asarlarida qahramonlar ruhiy olamini teran yoritgani va badiiy so‘z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyish etgani bois juda keng kitobxonlar ommasining e’tiborini qozondi.

Vayl Makr Yakovlevich (1952.25.1,Toshkent) – rejissyor, teatrshunos. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989). Toshkent davlat san’at institutining teatrshunoslik (1983) bo‘limini tugatgan.

Visotskiy Vladimir Semyonovich (1938.25.1. – Moskva – 1980.25.7) – rus aktyori, shoir, qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi. Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964-1980).

Abdunabiyev Abdulla G'ulomovich (1928.25.1, Toshkent) – tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari doktori (1971), professor (1972).

Umarbekov O‘lmas (1934.25.1 – Toshkent – 1994.10.11)- O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Iste'dodli adib O‘lmas Umarbekov tengdoshlari va ustozlarining hurmat-e'tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘lgan yozuvchilardan.

Taniqli teatr aktyor va rejissyori Sharif Qayumov 1905 yil 25 yanvarda Buxoroda tug‘ilgan. 1927 yilda Moskvadagi O‘zbek drama studiyasini tugatgach, Hamza nomidagi teatrida o‘z mehnat faoliyatini boshlab, umrining oxirigacha shu ijodiy jamoada aktyor va rejissyor sifatida samarali ishladi.

Ergasheva Ma’mura Zokirjonovna (1951.25.01, Toshkent) – raqqosa, baletmeyster. O‘zbekiston xalq artisti (1983). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1969), Toshkent chet tillar instituti (fransuz bo‘limi)ni tugatgan (1977).

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan