

Dilbar Abdurahmonova 70-yillarning oxiri 80-yillarda «Masxarabozlar» (R. Leonkavallo), «Bo’ron» (S. Vasilenko, M. Ashrafiy), «Hayotbaxsh o’lim» (A. Xolminov), «Olovli farishta» (S. Prokofyev), «Otello» (J. Verdi) va boshqa operalarni to’liq tahrirda sahnalashtirdi.

“Fan va turmush” jurnali bosh muharriri. O’lka tibbiyot instituti va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida labaratoriya mudiri (1957 – 1965).

Xiva xonligi va Buxoro amirligi tarixiga oid arxiv hujjatlarini topish, tadqiq etish va nashr etishda alohida xizmat ko’rsatgan.

Nafasi keng, baland pardalarni ravon va mohirona egallagan. Musiqali dramalarda Qodir, Norbo’ta (S. Abdulla; T.Jalilov, “Tohir va Zuhra”, “Oftobxon”), G’irdak (H.Olimjon; Yu.Rajabiy, “Muqanna”) va boshqa obrazlarni yaratgan.

Nerv sistemasining morfologik birligi ta’limotining asoschisi. Ilmiy faoliyati ko’z to’r pardasi, orqa miya, miyachaning tuzilishi, shuningdek, shikastlangan nervning tiklanish masalalariga oid.

Andijon teatrida aktyor Rahimov ijodiga hajviy obrazlar yaqin bo’lib, tashqi bo’rttirish, ta’rif – tavsiflarning keskinligi, o’tkir qochirimlar uning qahramonlariga xosdir.

O’zgarishlarga boy, chiroyli va kuchli ovoz sohibi. Konsert repertuaridan o’zbek va rus kompozitorlari romans hamda estrada qo’shiqlari (I. Akbarovning ("Yor, kel”, “Ra’no”, S. Yudakovning “Kuylama, sohibjamol”) , neapol xalq qo’shiqlari o’rin olgan.

Mehmet Emin “Tong sadolari” (1915), “Qo’shin dostoni” (1916), “Xasta boquvchi xonimlar” (1917), “Turonga qarab” (1918), “Isyon va duo” (1919), “Oydin qizlari (1921), “Anqara” (1939) va boshqa she’riy to’plamlar muallifi. Ayrim she’rlari o’zbekchaga tarjima qilingan.

Undagi she’riyatga, ijodga havas ancha erta uyg’ongan bo’lsa ham, mustaqil ijod yo’liga 18-20 yoshlarida qadam qo’yadi. Chustiyning shoir sifatida shakllanishida Turobiy taxallusi bilan g’azal, muxammas va masnaviylar yaratgan otasi Nurillaxo’janing ham ta’siri yo’q emas.

Azizov rahbarligida mikroelementlarning turli bioaktiv moddalar bilan birgalikdagi 500 ga yaqin kompleks birikmasi sintez qilingan. Koamid, feramid, kobal’t 30 va kupir preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Toshkent farmassevtika institutida Mannon Azizov nomidagi stipendiya ta’sis etilgan.