SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
   Tavallud kunlar

Jahongir Otajonov "Arazlamang", "Oq kabutarlar" va "Dog’man" xit taronalari bilan o’z muxlislariga ega bo’lgan.

Kung Futsе 28 sentyabrda tavallud topgan bo’lib, u Xitoyda eramizdan avvalgi VI asr atrofida yashagan. Konfutsiy dunyodagi eng zabardast diniy ustozlardan bo’lgan

Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad al-Havofiy (1375.28.9, - taxminan 1443) – tarixchi olim, Temuriylar saroyida xizmat qilgan. Davlat yo'llari bilan Hirotdan Samarqandga - Xalil Sulton huzuriga jo'natilgan.

Alimov Shokir Alimovich (1912.28.9-1976.18.3, Toshkent) – ftiziatr, O’zbekiston FA akademigi (1974). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1962), tibbiyot fanlari doktori (1951), professor (1953).

Korjavin Boris Dmitriyevich (1892.28.9, - 1984.24.11, Toshkent) - gidrotexnik olim, O’zbekiston FA a'zosi(1950), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan irrigator (1950). Leningrad politexnika institutini tugatgan (1925).

Karavajo (Caravaqqio, asli Merizi da Karavajo) Mikelanjelo (1573. 28.9, Lombardiya -1610,18.7. Toskana) - italiyalik rassom.

Shahzoda boshchiligida "Jonim" guruhi tashkil etiladi. Ular xuddi shu yili "Uyalmagin" qo’shig’i bilan ilk ijodini boshlaydilar. So’ng "Yondim" va "Qaramagin ko'zlarimga" qo'shiqlari hamda Yodgor Nosirov boshchiligida suratga olingan klip ham muxlislar e'tiboriga havola etilib tez orada xit taronalarga aylanadi.

Merime Prosper (1803.28.9, Parij - 1870.23.9, Kani) - fransuz yozuvchisi.

Rejissyor Federiko bilan hamkorlik uning ijodi-yu shaxsiy hayotini keskin o’zgartirib yuboradi. Mazkur hamkorlikning ilk hosilasi sifatida yuzaga kelgan “Shirin hayot” filmi Marchello Mastroyannini butut Yevropaga tanitdi.

Rayl Martin (1918.27.9 – 1984) – ingliz astronomi , London Qirollik jamiyati a'zosi (1952 yildan), Bredfild (Oksford) kollejida ma’lumot olgan. 1939-45 yillarda olis aloqa tekshiruv markazida ishlagan.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan