SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
   Tavallud kunlar

Visotskiy Vladimir Semyonovich (1938.25.1. – Moskva – 1980.25.7) – rus aktyori, shoir, qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi. Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964-1980).

Ergasheva Ma’mura Zokirjonovna (1951.25.01, Toshkent) – raqqosa, baletmeyster. O‘zbekiston xalq artisti (1983). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1969), Toshkent chet tillar instituti (fransuz bo‘limi)ni tugatgan (1977).

25 yanvar kuni fransuz olimi Jozef Lui Lagranj(1736-1813) tug‘ilgan. U matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan.

Jahon adabiyotida mashhur yozuvchi va dramaturg Somerset Moem (1874-1965) ijodi alohida o‘ringa ega. U asarlarida qahramonlar ruhiy olamini teran yoritgani va badiiy so‘z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyish etgani bois juda keng kitobxonlar ommasining e’tiborini qozondi.

Abdunabiyev Abdulla G'ulomovich (1928.25.1, Toshkent) – tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari doktori (1971), professor (1972).

Umarbekov O‘lmas (1934.25.1 – Toshkent – 1994.10.11)- O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Iste'dodli adib O‘lmas Umarbekov tengdoshlari va ustozlarining hurmat-e'tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘lgan yozuvchilardan.

Taniqli teatr aktyor va rejissyori Sharif Qayumov 1905 yil 25 yanvarda Buxoroda tug‘ilgan. 1927 yilda Moskvadagi O‘zbek drama studiyasini tugatgach, Hamza nomidagi teatrida o‘z mehnat faoliyatini boshlab, umrining oxirigacha shu ijodiy jamoada aktyor va rejissyor sifatida samarali ishladi.

Dobrolyubov Nikolay Aleksandrovich 1836 yil 24 yanvarda tavallud topgan. Rus adabiyotshunosi, publisist

Maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq el og'ziga tushgan laparlarni, xalq qo'shiqlarini kuylab yurgan.

O’zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan kichkintoylarning iste’dodli shoirlaridan biri Zafar Diyor 1912-yil 24 yanvarda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumanidagi Samsoqtepa qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan