SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
3031    
   Bayramlar

Tojikiston Respublikasi— Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Sovet ittifoqidan 1991-yil 9-sentabrda Mustaqil bo’lib chiqqan va sentabr kuni bayram sifatida nishonlanadi. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014).

Janubiy Koreya 1948 yil 9 sentyabrda mustaqil davlat bo’ldi (avvallari Yaponiya imperiyasining Chosun viloyati edi). 9 sentyabr Milliy bayrami – Mustaqillik kuni.

Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni (International Day of Journalists’ Solidarity) 1958 yili Buxarestda bo’lib o’tgan Xalqaro jurnalistlar tashkilotining to’rtinchi kongressida qabul qilingan qarorga binoan har yili 8 sentyabrda nishonlanadi

Xalqaro savodxonlik kuni (International Literacy Day) - Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida nishonlanuvchi xalqlar aro kunlardan biridir. Ushbu kun YUNESKO tomonidan 1966 yil “Savodsizlikka barham berish ta'lim vazirlari xalqaro konferensiyasi”da joriy etilgan bo’lib, yig’ilish 1965 yil Tegeranda bo’lib o’tgan.

Solyami turli-tuman salatlarda o’zini betakrorligi bilan boshqa kolbasalardan ajralib turadi. Bu kolbasani Italiyalik kambag’al dehqonlari go’shtni uzoq qish kunlarida yaxshi saqlanishi uchun o’ylab topishgan.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakat hozirgi nomining kelib chiqishi bu yerdan Yevropaga katta miqdorda olib ketilgan sandal daraxtining turi – “pau – brazil” bilan bog’liq. Mazkur qimmatbaho daraxt Yevropaga buyoq, mebel va musiqa asboblari ishlab chiqarish uchun olib kelingan.

20 asrdan beri har yili sentyabrning 1-yakshanbasida Avstraliyada otalar kuni nishonlanadi.

Svazilendda bir nechta pasttekisliklar bor. Asosiy daryolari – Usutu, Kamati, Umbeluzi. Asosiy tabiiy boyliklari: ko’mir, yog’och, gidroenergiya resurslari, o’rmonlari, shuningdek, uncha katta bo’lmagan oltin va olmos konlari bor. Hududining 11% i haydaladigan yerlar, 62% i esa yaylov va o’tloqlar.

Ushbu bayram XVII asrdan buyon nishonlanib kelinadi. Aholiga ushbu bayramni nishonlash juda xush kelgan. Zero, dehqonlar foydali va yoqimli ishni birlashtirib, bu kun bayram taraddudini keng nishonlash bilan birga o’z savdosini ham omadli qila olgan.

Gollandiyaning Aalsmeyer shahrida har yili gullar namoyishi (Aalsmeer Flower Parade) bo’lib o’tadigan ushbu bayram butun dunyo bo’yicha unutilmas turli gullar (xrizantema, liliya, freziya, atirgul va lola) namoyishi bo’lib o’tadigan bayram hisoblanadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan