SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etilgan kun
1994-09-02

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (Intizor ko‘chasi, 68) - 1994 yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi oliy va o‘rta maxsus maktablari negizida tuzilgan. Akademiyaning asosiy vazifasi ichki ishlar organlarining oliy boshliqlar va boshliqlar tarkibini tayyorlash, huquq-tartibotni muhofaza qilish muammolarini tadqiq etish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ichki ishlar organlari ofitserlari malakasini oshirish fakulteti, oliy va akademik kurs hamda serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari, 21 kafedra, 14 bo‘lim va boshqa yordamchi xizmatlar faoliyat yuritadi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jinoyatlarni oldini olish faoliyati, tezkor qidiruv faoliyati, tergov faoliyati, ekspert-kriminalistika faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. “Ichki ishlar organlarida boshqaruvni tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha 12 oylik ta'lim, serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslarda “Patrul-post xizmati”, “Xuquqbuzarliklarning oldini olish xizmati”, “Jazoni ijro etish xizmati”, “Qo‘riqlash xizmati”, “Yo‘l-patrul xizmati”, “Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati” hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha 6 oylik ta'lim amalga oshiriladi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi AQSH Adliya vazirligi, Xalqaro Qizil Xoch, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Germaniya, Ukraina kabi mamlakatlarning turdosh o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilarga 262 professor- o‘qituvchi, jumladan, 3-akademik, 19-fan doktori va 13 professor, 87 fan nomzodi va 39 dotsent ta'lim beradi. Akademiyada 14 ma'ruza zali, 120 o‘quv auditoriyasi va o‘quv-metodik kabinet, shuningdek, 3 zal va suv havzasiga ega bo‘lgan sport majmuasi,  tennis va atletik tayyorgarlik bilan shug‘ullanish maydonchalari, ikki galereyali o‘q otish tiri, kriminalistik poligon, yopiq televideniye tizimiga ega bo‘lgan telemarkaz, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan 16 kompyuter sinfi va boshqalar mavjud. Akademiyada tarixiy-xuquqiy muzey tashkil qilingan. 4 kutubxona (500 mingdan ortiq asar) bor. Akademiyadan sportning sambo, dzyudo, karate, taekvondo, boks, og‘ir atletika, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlarining 320dan ortiq sovrindori (shulardan 50dan ortig‘i oltin medal sohibi) yetishib chiqqan.

 

Toshkent ensiklopediyasi., 2009.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan