SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Dunyoning "birinchi xonimi" Elenora Ruzvelt tavallud topgan kun
1884-11-11

Elenora Ruzvelt AQSh prezidenti Franklin Ruzveltning rafiqasi. Mamlakatning birinchi xonimi nomini olgandi. U qobiliyatli siyosat arbobi, publitsist, bir necha kitoblar muallifi, inson huquqlari himoyachisi kabi jihatlari bilan tarix sahnasiga chiqa olgan ayol ham edi. Ruzvelt xonimga atab 1982 yilda “Dunyoning birinchi xonimi” deb nomlangan film suratga olingan. Elyeonora Ruzvelt 1884 yilning 11 noyabrida Nyu-Yorkda Elliot va Anna Xoll Ruzveltlar oilasida dunyoga keladi. Otasi Elliot prezident Teodor Ruzveltning kichik ukasi edi. Elyeonora 8 yoshga to'lganda onasi og'ir kasallikka chalinib olamdan o'tdi. Oradan 2 yil o'tib mehribon otasi ham bu dunyoni tark etadi. U buvisining qo'lida qoladi. Qo'shma Shtatlardagi xususiy maktabda ta'lim olgach. Buvisi uni Angliyaga o'qishga yuboradi. Balog'at yoshiga yetgan qiz uchun shohona hayot boshlanadi. Chiroyli o'tirishlar va ziyofatlar uni o'ziga rom etadi. Xuddi shunday yig'inlardan birida Elyeonora uzoq qarindoshi va bo'lajak turmush o'rtog'i Franklin Ruzveltni uchratib qoladi. Yigit-qiz bir-biriga ko'ngil qo'yadilar. Oila qurishgach, F. Ruzvelt davlat ishida omad pog'onalaridan shaxdam odimlab borar, Elyeonora esa to'rt o'g'il va ikki qiz tarbiyasi bilan shug'ullanar edi. Elyeonora ilgari jamiyat ishlariga aralashib tursa-da, asosan farzandalr tarbiyasi bilan shug'ullanar edi. Uning siyosat olamiga kirib kelishiga 1921 yilda erining tuzalmas kasallikka chalinib qolishi sabab bo'ladi. U erini siyosat olamidagi so'ngi yangiliklardan xabardor etish maqsadida o'zi uchun tanish va shubilan birga notanish bo'lgan olamni kashf etdi. U deyarli barcha vaqtini amerikalik ayollarning muammolarini hal qilishga sarflardi. Ruzvelt xonim 1924 yilda Demokratik partiya s'yezdida ayollar va erkaklar teng huquqliligi borasida ma'ruza qiladi. Nyu-Yorkda qizlar uchun maktab ochadi. U yerda direktor o'rinbosari lavozimida ishlab, bir vaqtning o'zida tarix fanidan dars beradi. F. Ruzvelt 1932 yilda mamlakat prezidentligigia bo'lgan saylovlarda g'olib bo'ladi. Ishida jo'shqinlik, oilasida sokinlik hukm surayotgan ayolni, 1945 yilning 12 aprelida sovuq xabar kutib turar edi. Franklin Ruzvelt Uorm-Springsda o'z portretini chizdirayotgan paytda miyasiga qon quyilishi oqibatida olamdan o'tadi. Ruzvelt xonim erining o'limidan so'ng ham faoliyatini susaytirmadi. 1945 yilda yangi prezident Garri Trumen Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga AQShdan vakil qilib Elyeonora Ruzveltni tayinlaydi. U 1945 yildan 1951yilga qadar BMTning Inson huquqlarini himoya qilish qo'mitasini boshqaradi. O'tgan asrning 50-yillarida Demokratik partiyaningliberallar fraksiyasida yetakchilik qlib kelgan Elyeonora Ruzvelt 1961 yilda prezident Jon Kennedining iltimosi bilan BMTning Bosh Assembliyasida AQSh vakili bo'lib faoliyat yurita boshlaydi. Ammo Elyeonora Ruzveltga bu lavozimda ko'p ishlash nasib etmadi. Ruzvelt xonim og'ir kasallikdan aziyat chekayotganini ko'pchilik bilmasdi. 1962 yilda bir necha xaftalik umri qolgani ma'lum bo'ldi. Shu yili Amerikaning taniqli davlat arbobi olamdan o'tdi. Bu esa barchani qayg'uga soldi. Chunki u o'z davrining eng taniqli shaxsiga aylanib ulgurgandi. U irqchilikka qarshi kurashgan, ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishga o'zida kuch topa olgan ayol sifatida butun dunyoda mustaqil va zamonaviy ayol timsoliga aylana oldi. Elyeonora turmush o'rtog'ining xizmatlari bilan mamlakatning birinchi xonimiga aylangan bo'lsa, o'z mehnatlari tufayli dunyoning "birinchi xonimi" nomini olgandi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan