SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
81011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Turk shoiri Mehmet Emin Yurdaqul tavallud topgan kun
1869-05-01

Mehmet Emin Yurdaqul (1869.1.5 – Istanbul – 1944.14.1) – turk shoiri “Turk o’chog’i” jamiyatlari asoschilaridan biri. Istanbuldagi Beshiktosh harbiy maktabi, Saroy, Mulkiya va huquq maktablarida tahsil olgan. Dastlabki she’riy to’plami – “Fazilat va adolat” (1891). Ijodida vatanga bo’lgan mehri, turkiy olam bilan bog’liq fikr-tuyg’ulari, orzu-xayollari aks etgan (“Jangga ketarkan” 1897). “Turkcha she’rlar” (1898), “Turk sozi” (1914) she’riy to’plamlarida o’zi yashagan jamiyat kirdikorlari fosh qilingan. “Qo’y men hayqiray” (1914), “Ey turk uyg’on!” (1914), “Zafar yo’li” (1918) she’riy to’plamlarida Turon yurti madh etilib, o’zbek, qozoq, usmonli, ko’kturk, tatar va boshqalarni bir butunning bo’laklari ekanligini ta’kidlab, ularni birlashtirishga da’vat etgan. Mehmet Emin “Tong sadolari” (1915), “Qo’shin dostoni” (1916), “Xasta boquvchi xonimlar” (1917), “Turonga qarab” (1918), “Isyon va duo” (1919), “Oydin qizlari (1921), “Anqara” (1939) va boshqa she’riy to’plamlar muallifi. Ayrim she’rlari o’zbekchaga tarjima qilingan.

                                                                                                                                 Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.                                                                                   


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan