SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031
G'azalnavis va qo’shiqchi shoir Chustiy tavallud topgan kun
1904-05-01

Chustiy ХХ asr mumtoz adabiyot an’analarini davom ettirgan shoirlar sirasiga kiradi. Shunga ko’ra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi g’azalnavis va qo’shiqchi shoirlar qatoridan munosib o’rin egallaydi. Chustiy – shoirning adabiy taxallusi bo’lib, u Namanganning Chust shahrida tavallud topgan. Asl ism-sharifi Nabixon Nurillaxo’ja o’g’li bo’lib, 1904 yilning may oyida to’quvchi-hunarmand oilasida dunyoga kelgan. 1916 yilda o’lkada hukm surgan o’zgarish va beboshliklar tufayli 14 jonli Nabixonlar oilasi Qo’qonga ko’chib borib, to’quvchilik ishlari bilan shug’ullanadi. Bo’lajak shoir ham 12 yoshidan ota kasbiga mehr qo’yadi, oilaga yordamlashadi. Ayni paytda eski maktab va madrasalarda ta’lim oladi. 1940-1943 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida avval adabiy emakdosh, so’ng direktor lavozimida xizmat qiladi. 1944-1945 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Adabiyot jamg’armasida direktor bo’lib ishlaydi. So’ng nashriyotlarda tarjimon sifatida faoliyat ko’rsatdi. 1950-1976 yillarda u O’zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutda ilmiy xodim bo’lib ishlaydi. 1976 yildan boshlab unga Respublika ahamiyatiga molik nafaqa tayinlanadi. Undagi she’riyatga, ijodga havas ancha erta uyg’ongan bo’lsa ham, mustaqil ijod yo’liga 18-20 yoshlarida qadam qo’yadi. Bunda Sharq mumtoz adabiyoti namoyandalari ijodining ta’siri kuchli bo’ladi. Chustiyning shoir sifatida shakllanishida Turobiy taxallusi bilan g’azal, muxammas va masnaviylar yaratgan otasi Nurillaxo’janing ham ta’siri yo’q  emas. U boshqa mualliflar bilan hamkorlikda “Davron ota”, “Qurbon Umarov” va “Jasur oila” kabi sahna asarlarini yozgan, Hofiz, Sobir Tertmiziy, Mirza G’olib, Ali Sardor, M. Tursunzoda asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Chustiy 1983 yil 12 avgustda vafot etgan. 

 Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan