SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Кino rassomi Baxtiyor Nazarov tavallud topgan kun
1942-05-02

Nazarov Baxtiyor Muhammadjonovich (1942.2.5, Namangan viloyati Nanay qishlog’i) – kino rassomi; O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1965) va Moskva kino san’ati instituti (1971) ni tugatgan. “O’zbekfilm”  kinostudiyasida bosh rassom (1983-1990), ayni bir paytda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida teatr va kino dekoratsiyasi kafedrasi mudiri (1983-1990). Nazarov “Seni kutamiz, yigit” (1971), “Shum bola” (1976), “Oltin mo’yna” (1980), “Hayot mazmuni” (1985), “Sharif – Ma’rif” (1992), “Sharshara sehri” (ijrochi produsser, 2003) va boshqa badiiy filmlar, teatr spektakllari uchun sahna bezaklari yaratdi. Nazarov xorijiy mamlakatlar filmlariga ham dekoratsiyalar yaratgan: “Buyuk Pyotr” (AQSh, 1983), “Shahrizodaning so’nggi ertagi” (1983-1984), “Uch qirolning urushi” (Marokash-Italiya-Ispaniya, 1989), “O, muhabbat” (Hindiston, 2001). Nazarov, shuningdek, dastgoh rangtasvirida ham ijod qiladi: “Olim Xo’jayev” (1973), “Lutfixonim Sarimsoqova” (1974), “Malik Qayumov” (1977) kabi portretlar; “O’zbekiston yoshlari”, “Hindiston ayollari”, “Kelinchak”, “Ona” kabi turkum asarlari.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan