SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Qozoq yozuvchisi Anvar Olimjonov tavallud topgan kun
1930-05-02

Olimjonov Anvar (Alimjonov Anvar) (1930.2.5, Toldiqo’rg’on viloyati, Qorlig’ash ovuli) – qozoq yozuvchisi. Qozog’iston universitetini tugatgan (1954), 1955 yildan “Literaturnaya gazeta”, keyinroq “Pravda” gazetalarining Qozog’istondagi muxbiri, “Qozoqfilm” kinostudiyasi bosh muharriri (1960-1970), 1971 yildan Qozog’iston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi. Dastlabki asari “Oq do’st, qora do’st, sariq do’st” 1958 yilda chop etilgan. “Mangu tomirlar” (1960), “Karvon quyosh tomon bormoqda” (1963), “Zangori tog’lar” (1964), “O’tror armug’oni” (1966), “Qorashunqor ko’prigi” (1969), “Jamshid oynasi” (1970), “Qurmong’ozining bolalik chog’i” (1972), “Rudakiy taxti”, (1974),  “Muallimning qaytishi” (1978) singari qator roman va qissalar muallifi. “Mahambet nayzasi” (1969) romanida qozoq xalqining o’tmishi, orzu-umidlari tasvirlangan. “Do’stlar uchrashganda” (1959), “Suvda, quruqlikda ellik ming mil” (1962) kabi kitoblarida Olimjonovning ocherklari va publitsistik maqolalari o’rin olgan. Yozuvchining “Mahambet nayzasi” romani hamda publitsistik asarlari o’zbek tiliga nashr etilgan. Abay nomidagi Qozog’iston davlat mukofoti (1967) va Xalqaro Neru mukofoti laureati (1969).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan