SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
Shoir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov tavallud topgan kun
1921-05-03

Mirmuhsin Mirsaidov (1921.3.5, Toshkent) – shoir va yozuvchi. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1981). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1970). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). Respublika radio qo’mitasida muharrir (1944-1946), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1947-1961),”Qizil O’zbekiston” gazetasida bo’lim mudiri (1961-1963), “Sharq yulduzi” (1950-1960, 1972-1981), “Mushtum” (1963-1971), “Guliston” (1982-1994) jurnallarining bosh muharriri. Dastlab shoir sifatida tanilgan. Ilk dostoni “Qamar” 1938 yilda nashr etilgan. “Vafo” (1944), “Qadrdon do’stlar” (1948), “Farg’ona” (1951), “Vatandoshlar” (1952), “Irmoqlar” (1959), “Qalb va falsafa” (1960), “She’rlar” (1964) va boshqa she’riy to’plamlar muallifi. “Usta G’iyos” (1946), “Do’nan”, “Yashil qishloq” (1948, “Shiroq” (1969, “Nevara”, “Avesto” (1970) kabi dostonlarida zamondoshlarimiz va tarixiy qahramonlar siymosi chizilgan. Birinchi o’zbek she’riy romani “Ziyod va Adiba” (1954)  Mirmuhsin qalamiga mansub she’r va dostonlari obraz, tasviriy vositalari hamda tili jihatidan sodda va ravonligi, hayotiyligi bilan ajralib turadi. Ilk nasriy qissasi “Jamila” 1956 yilda e’lon qilingan. “Oq marmar” (1957), “Cho’ri” (1962), “Tungi chaqmoqlar” (1964) qissalari tarixiy mavzuda, “Arab hikoyalari” (1960), “Chodrali ayol” (1979) qissalari xorijiy mamlakatlarga safar taassurotlari asosida yaratilgan. Qissalarida zulm-istibdodga qarshi kurashgan mard, olijanob, jasur qahramonlar siymosi tasvirlangan. Mirmuhsinning “Chiniqish” (1969), “Degrez o’g’li” (1972), “Chotqol yo’lbarsi” (1977) romanlari o’zbek ishchilarining hayoti va mehnatiga bag’ishlangan. “Umid” (1969) romanida ilm kishilari, paxtashunos olimlarning zahmatli izlanishlari va kurashi turli ziddiyatlar, murakkab to’qnashuvlar vositasida hayotiy gavdalantirgan. Mirmuhsin romanlaridagi Alijon, Umid, Hafiza, Arslon, Subhiya kabi obrazlar badiiy psixologizmi, sodda va samimiy, hayotiy buyoqlarda chizilganligi, olijanobligi bilan ajralib turadi. Mirmuhsin ijodida tarixiy mavzu muhim o’rin egallagan. “Me’mor” (1974) romanida Temuriylar davri me’morligi an’analari, iste’dodli me’mor-san’atkor Najmiddin Buxoriyning fojiali qismati yoritilgan. “Temur Malik” (1986) romanida mo’g’ul bosqinchilariga qarshi mardona kurashgan buyuk qahramonlar – sarkarda Temur Malik va sulton Jaloliddin Manguberdilarning jangovar obrazlari yorqin aks ettirilgan. Mirmuhsinning “Ildizlar va yaproqlar” (1982), Ilon o’chi” (1995), Turon malikasi (1997) romanlari ham bor. Mirmuhsin bolalar uchun ham ko’plab she’r va dostonlar, hikoyalar yaratgan (“Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar”, “Luqmon va O’roqboy”). Asarlari ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Хamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan