SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
1-Markaziy Osiyo o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o’tdi.
1994-09-02

1994 yil 2 sentyabrToshkent shahrida 1-Markaziy Osiyo o’yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o’tdi.  1995 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida ilk bor Markaziy Osiyo xalqlarining sport o’yinlari muvaffaqiyatli uyushtirildi. Bayram “Paxtakor” stadionida karnay-surnay navolari bilan boshlanib, teatrlashtirilgan badiiy sport tomoshasi bilan davom ettirildi. Kutilmaganda maydonga jangchilar kirib keldi. Tomoshabinlar ichidan ko’ngillilar chiqib ularga qarshi urush boshladilar. Jang avjga chiqdi. Shu vaqt bong urilib, maydondagi barcha jangchilar qotib qoldi. Diktor ovozi yangradi: “Tariximizda bayramlar, olimpiadalar boshlangan vaqtda urushlar to’xtatilgan. Ajdodlarimiz nomi bilan talab qilaman: Urush to’xtatilsin! Bayram – olimpiada boshlansin!”. Maydonga Markaziy Osiyo xalqlarining afsonaviy qahramonlari Alpomish, Rustam, Manas va boshqalar siymolari chiqadi. Ular mustaqillikka erishgan barcha xalqlarni urushga emas, do’stlashishga chaqirishadi. Xalqlar o’rtasida urushlar emas, do’stlik olimpiadalari o’tkazishga undashadi. Maydonni raqqosalar egallab “Xush kelibsiz!” nomli katta xoreografik o’yin ijro etdilar. O’yingoh yo’lakchalariga besh qardosh xalqlar-o’zbek, qozoq, tojik, turkman xalqlarining sportchi vakillari kirib kelishib, maydondagi o’z joyini egallashadi. Qardosh xalq vakillari tantanali ravishda olimpiada bayrog’ini olib kirib stadion uzra ko’tarishadi. Stadionga Yunonistondan keltirilgan ramziy olimpiya olovi olib kiriladi va Markaziy Оsiyo xalqlari olimpiadasi olovi yoqiladi. O’zbekiston Prezidenti va Olimpiada qo’mitasi raisining qutlovlari yangraydi. Olimpiada ochiq deb e’lon qilinadi. Markaziy Osiyo xalqlari o’yinlarida katta badiiy sport tomoshasi ko’rsatildi. “Sport va san’at”, “Sport – tinchlik elchisi”, “Estrada yulduzlari-sport yulduzlariga” nomli epizodlarda Markaziy Osiyo xalqlarining sport, san’at, madaniyat sohalaridagi yutuqlari tarannum etildi. “Turkiston umumiy uyimiz” nomli epizodda Markaziy Osiyo xalqlarining do’stligini ifodalovchi kuy, qo’shiq va raqslar ijro etiladi. Ochilish marosimi yakunida bayram mushakbozligi Toshkent oqshomini do’stlik nurlari bilan charog’on etdi.

Ma’lumot: O’zbek xalqi bayramlari. “Sharq”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan