SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Navoiy shahriga asos solingan kun
1958-09-03

1958 yil 3 sentyabr – Navoiy shahriga asos solindi.

Navoiy — Navoiy viloyatidagi shahar (1958 yildan). Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. O’zbekistonning janubiy-g’arbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda. Temir yo’l stansiyasi. Avtotransport yo’llarining muhim tuguni, Toshkentdan 509 km. Iqlimi kontinental, yillik o’rtacha t-ra 15,G, iyulniki 28,3°, yanvarniki 0,4°. Maydoni 60 km2. Navoiy tarkibida Karmana tumani bor. Aholisi 145,5 ming kishi (2003; 1995 yil—112,7 ming; 1974 yil—80 ming; 1960 yil—20 ming kishi).

Navoiy Zarafshon vodiysidagi tez o’sayotgan, yosh industrial shahar, buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy nomiga qo’yilgan. Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xo’jaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi ta’minlanganligi shaharning tez o’sish omili bo’ldi. Navoiy O’rta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markaziga aylandi. Navoiyda 136 aksiyadorlik jamiyati, 334 davlat korxonasi, 1103 xususiy korxona bor. Shaharda 21 yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining ko’p qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral o’g’itlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. "Navoiy-azot" ishlab chiqarish birlashmasi, elektr-kimyo zavodi, Navoiy konchilik-metallurgiya, un, non kombinatlari, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, "Qizilqumsement" korxonasi, paxta tozalash, mashinasozlik, sut, ipak qurti zavodlari, "Sintepon" korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari bor. Sanoat, transport va qishloq texnikasini ta’mirlaydigan binolar, maishiy xizmat ko’rsatish kombinati hamda hunarmandchilik tarmoqlari ishlab turibdi. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan ortiq qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan "Agama", "Zerispark" korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yo’l o’tgan. Navoiyda 20 ga yaqin yo’nalishda avtomobil transporti qatnaydi. Xalqaro aeroporti Navoiyni Toshkent orqali Respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan o’zaro aloqalar o’rnatishda xizmat qiladi. Shahar Navoiy viloyat hokimiyati binosi hududida (qad. Karmanadya) Mir Sayd Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx xonaqozi (16-asr) va boshqa me’moriy yodgorliklar mavjud. Navoiy yirik ilm-ma’naviyat va ma’rifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy o’quv yurti (Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik instituti), akademik litsey, 25 umumiy ta’lim maktabi, 3 Mehribonlik uyi (shundan 2 tasi oilaviy), 6 kollej, 3 maxsus internat-maktabi (shundan 1 tasi nogironlar uchun), biznes maktabi, 2 muzey (viloyat o’lkashunoslik muzeyi, uning Qosimshayx Azizov majmuasi filiali, 2 madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bog’lari, Yosh tomoshabinlar teatri, 8 jamoat kutubxonasi, stadion, suzish havzasi, 10 kasalxona, 5 poliklinika, shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish markazi, 7 tibbiy dispanser faoliyat ko’rsatadi. 1958—60 yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy an’analarni hisobga olgan holda qurilgan. Me’mor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor bo’lishgan. Shahar ko’kalamzorlashtirilgan, favvora va suzish havzalari ko’p. Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Navoiy haykali o’rnatildi (2001).

Hazrat Alisher Navoiy jome’ masjidi.

Navoiy shahri ulug’ o’zbek mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan.  Shaharning  hozirgi hududi oldin Karmana deb atalgan bo’lib, Buxoro amirligining bekligi bo’lgan. 1958-yilning sentyabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro oblasti tarkibida bo’lib keldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan