SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Nemis shoiri Xeyze Paul tavallud topgan kun
1830-03-15

Xeyze Paul (1830.15.03, Berlin - 1914.02.04, Myunxen) -Nemis shoiri, yozuvchi va novellachisi. Berlin, Bonn (1847-1851), Shveysariya va Italiya (1852-1853) unstitutlarida ta'lim olgan. Myunxen yozuvchilar to’garagi rahbarlaridan biri, «san'at san'at uchun» (sof san'at - badiiy ijodning muayyan maqsadga qaratilgani, san'atning siyosat va jamiyat talablaridan mustaqil bo’lishini yoqlovchi bir qator estetik konsepsiya) tarafdorlaridan. Dastlabki asarlari - «Arrabiata» novellasi va «Marion» qissasi (1855). «Treppilik qiz» (1858), «Andrea Delfin» (1859), «Ona port reti» (1859) asarlari muallifi. Xeyze Paul qissalar va hikoyalardan tashqari dramatik asarlar ham yozgan. «Gans Lange» (1866) pyesasi, «Mariya Magdalina! (1899) tragediyasi ommabop bo’lib ketgan. Shunga qaramay, Xeyze Paul yozuvchi sifatida ko’proq tanilgan. «Asr farzandlari» (1873), «Jannatda» (1875). «Merlip» (1892) romanlarida axloqiy masalalar yoritilgan. Xeyze Paulning 24 jildli novellalari, 6 roman, 60 ga yaqin pyesa va 9 she'riy to’plami nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1910)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan