SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
Dunyoga mashhur bo'lgan “Temir xonim” Margaret Tetcher tavallud topgan kun
1925-10-13

Dunyoga mashhur bo'lgan “Temir xonim” Margaret Tetcher Dunyoga “Temir xonim” nomi bilan mashhur bo'lgan Buyuk Britaniya sobiq bosh vazir Margaret Tetcher. Margaret Xilda Roberts 1925 yil 13 oktyabrda Angliyaning unchalik katta bo'lmagan Grantem shaharchasidagi do'kondor oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Alfred Roberts tijoratchi bo'lganligiga qaramay, bilim olish uchun tinimsiz izlanardi. Bilimga tashnalik, ijtimoiy hayotga, siyosatga, dunyo voqealariga qiziqish unda nihoyatda kuchli bo'lgan. 1943 yildagi saylov jarayonlarida faol qatnashgan Alfred Roberts Grantem shahri hokimi lavozimiga saylanadi. Hali 18 yoshga to'lmagan Margaret otasining yoniga kirdi. Unga hamdard, hamfikr bo'ldi va o'z qonida siyosatga tashnalik hissini juda bevaqt anglab etdi. Otasi uni intizomli, bilimdon, bir so'zli va qat'iy fikrli qilib tarbiyaladi. Margaret Oksford universitetining nufuzli kollejlaridan birida kimyo fani bo'yicha tahsil oldi. O'quv yurtida u a'lo baholarda o'qidi, biroq uni kimyodan ham ko'proq Oksfort universitetidagi konservator assosiasiyasining faoliyati qiziqtirardi. Kun sayin uning tushunchalari oydinlashib, dunyoqarashi kengaya boradi. Otasi hamisha qiziga: “O'zgalar ustidan hukm chiqarish uchun inson, eng avvalo, xalqi, oilasi va o'z e'tiqodiga sodiq bo'lishi kerakligini uqtirardi. Keyinchalik Margaret Tetcher: “Men ijtimoiy va siyosiy hayotda nimagaki erishgan bo'lsam, hammasiga qattiqqo'l va talabchan otamning sharofati bilan erishdim” deya tan olgandi. Universitetni tamomlagach, Margaret plastmassa ishlab chiqaruvchi firmasida ishlay boshladi. Biroq siyosiy hayotga intilish tuyg'usi unga sira tinchlik bermasdi. U bo'lajak parlament saylovlarida o'z kuchini sinab ko'rishga qaror qildi. Shu sababli ishdan qo'li bo'shadi deguncha saylovchilar huzuriga oshiqardi. 1948 yildagi partiya konferensiyalarining birida Margaret Roberts biznesmen Denis Tetcher bilan tanishib qoladi. Konferensiya tugagach, Denis yoqimtoy qizni sevib qoladi va 1951 yilning 13 dekabrida ularning to'yi bo'lib o'tadi. Endi miss Roberts missis Margaret Tetcherga aylanadi. Denis Tetcher Margaretga juda munosib umr yo'ldosh bo'ldi. Denis xotinining barcha intilishlari, dunyoqarashi va maqsadlarini qadrlardi. 1953 yil ular qo'shaloq farzand ko'rishadi. 1959 yili orziqib kutilgan kunlar keldi. Margaret Tetcher Britaniya parlamentining a'zosi etib tayinlandi. Ikki yildan so'ng Nafaqa va sug'urta ishlari vazirligiga ishga o'tdi. Bular bo'lajak islohatchining juda boy va keng qirrali tajriba to'plashga yordam berdi. Margaret Tetcher siyosatga shunchaki ishqiboz emas, sodiq va izlanuvchan inson sifatida konservatorlar orasida zinama-zina obro' qozona bordi. 1975 yili o'tkazilgan saylovlarda Margaret Tetcher konservatorlar partiyasining etakchisi va Britaniya ayollar birinchi bo'lib bosh vazir darajasiga ko'tarildi. Tetcherlar Londondagi Dauning ko'chasida joylashgan 10-uyga - bosh vazir qarorgohiga ko'chib o'tdilar. Bosh vazir mamlakatda kuchli va barqaror siyosat o'rnatish, dunyo mamlakatlarining talab va ehtiyojlarini qondira oladigan mukammal sanoatni rivojlantirish hamda xalqning bilim darajasini yuksaltirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Tetcher davrida siyosiy jarayonlar adolatli bo'ldi, ilmiy-texnikada yuksalish ro'y berdi. 1983 va 1987 – yillardagi saylovlar Tetcherni bosh vazirlikdan ketkaza olmadi. U ko'pincha vazirlargga “Ayol kishi ekanligimni unuting” deya ta'kidlardi. Biroq uning ayolligini, boz ustiga “Temir xonim” ekanligini hech kim unutmadi. 1990 yili Margaret Tetcher Dauning - stritdagi 10 – uyni Jon Meyjorga bo'shatib berdi. Tetcherni o'z qabuliga chaqirgan Elizaveta 11 “Tetcher boshqargan Britaniya dunyoda eng katta nufuzga ega bo'ldi”, degan edi. Siyosatchilar u boshqargan o'tgan asrning 80-yillarini “Britaniya qayta qurish davri” deb ataydilar. Unga yana qanday nisbatlar berilishidan qat'i nazar, u tarixda XX asrning eng yorqin siymolaridan biri bo'lib qoldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan