SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2022
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
293031    
Dirijor Nasiba Baxritdinova Orifovna tavllud topgan kun
1944-10-06

Baxritdinova Nasiba Orifovna 1944 yil 6 oktyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1950 yilda 99-o'rta maktabga o'qishga boradi. Shu bilan bir qatorda Toshkent Davlat Konservatoriyasi qo'shidagi V. Uspenskiy nomli maxsus musiqa maktabiga ham o'qishga kiradi. Har ikki dargohda ham sidqidildan qiziqish bilan o'qiydi. Ayniqsa musiqa maktabidagi saboqdar uning jonu dili edi. Musiqaning, ohanglarning jozibasi, rango-rangligi qizcha qalbini qachon rom etgan, o'ziga ayon. Ammo, Nasiba o'zini tanibdiki, shu ohanglar olamining maftuni ekanligini bilgan. Va hayot yo'lini musiqa bilan bog'lagan. U 1961 yili musiqa maktabini muvaffaqiyat bilan tamomlaydi va Toshkent Davlat Konservatoriyasiga (hozirgi O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi) xor dirijyorligi bo'limiga o'qishga kiradi. Talabalik yillari haqiqatdan ham oltin davr ekan, sababi oltinga teng ilm olarkan inson. U o'qidi, izlandi. Qadirli ustozlar, sinalgan do'stlar orttirdi. Endi-da uning qalbi musiqa bilan chambarchas bog'lanib ketgan edi. 1967 yil o'qishni bitirdi va aspiranturada qoldi. Bunga esa Konservatoriyaning davlat komissiyasi qarori va tavsiyasi sabab bo'lgan. Ustozlar Nasiba Baxritdinovada istedod qirralarini kashf etishgan edi. Uni qadirdon Konservatoriyaning Xor dirijyorligi kafedrasida maxsus fanlar o'qituvchisi sifatida ishga olib qolishdi. “Qadrdon dargohning devorlari ham yordam beradi” deganlaridek, N. Baxritdinova yosh-yigit qizlarga ta'lim bera boshladi. U har tomonlama komillikka intiladi. Ayollik nazokati, iffati bilan odobi axloqi bilan hurmat qozonadi. Va ayniqsa o'z sohasini chuqur o'rganadi, ilmiy izlanishlarini susaytirmaydi. Bastakor musiqani yozarkan-u,musiqachilar san'atkorlar ijro etarkan. Ammo ular orasida bir shaxs borki, u ohanglar uyg'unligini ta'minlaydi. Ovozlarning pastu balandligini yo'lga soladi. Uningsiz mukammallik yo'q. Bu direjyor. Nasiba Baxritdinova ana shu soha olimasi, mutaxassisi. U ilmni qo'ldan bermadi. O'zi ustida ishlab, izlandi. Ilmiy-pedagogik, ijrochilik mahoratidan kelib chiqib, unga dosent unvonini berishdi. Bugungi kunda Baxritdinova Nasiba Orifovna O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining xor direjyorligi kafedrasi professoridir. Baxti kulgan oilaning bekasi turmush o'rtog'i, ikki o'g'il, kelinlar, nabiralar davrasida tinch va totuv yashamoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan