SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
67891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq rassomi Haydarov Xoliqul Haydarovich tavallud topgan kun
1933-03-16

Haydarov Xoliqul Haydarovich (1933.16.03, Sariog’och, Chimkent viloyati) – O’zbekiston xalq rassomi (1977). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1954). Toshkent viloyati Kalinin (hozirgi Zangiota) tumanidagi 15-o’rta maktabda rasm o’qituvchisi (1954-1960), O’zbekiston KP MK Birlashgan nashriyotining bosmaxonasida rassom (1960- 1967), Toshkent chinni zavodining badiiy lab.da yetakchi rassom (1967-1993). Haydarov Xoliqul gaz  va jur.larda asarlari bilan qatnashgan. Haydarov Xoliqul Toshkent chinni zavodida samarali ijod qildi: «O’zbekiston», «Oq olma», «Namanganning olmasi» kabi chinnilar to’plamlarini yaratgan, birinchilardan bo’lib chinni buyumlar (asosan ko’za, lagan va boshqalar)ga tasvir (portret)lar ishlashni boshlab bergan. Beruniy, Ulug’bek, Navoiy kabi mutafakkirlar, turli ilm-fan, davlat arboblari vakillarining siymolarini chinniga ishlagan. Haykaltaroshlik asarlari ham yaratdi (jumladan, «To’lebiy», mis, 2002, Sariog’och shaxrida).«Haydarov hayoti va ijodi» nomli hujjatli film ishlangan (1991). Haydarov Xoliqul ishlaridan namunalar respublika va chet el ko’rgazmalarida namoyish etiladi, muzey va xususiy to’plamlarda saqlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan