SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi Salimov Davron Ismoilovich tavallud topgan kun
1941-03-17

Salimov Davron Ismoilovich (1941.17.03, Toshkent) - operator, rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi (1981). VGIK (Butun ittifoq Davlat kinematografiya instituti)ni tugatgan (1965). 1961 yildan Hujjatli filmlar kino studiyasida operator (1986-1993 yillar direktor). «Toshkentda shunday qiz yashaydi», «13 qaldirg’och», «Ustoz, senga ta'zim qilamiz» kabi qisqa metrajli, «Yo’lda va ona yurtda», «Toshkent, Zilzila», «San'atga baxshida umr», «Oltin Bengaliya» kabi to’lametrajli publipistik hujjatli filmlarni, «Olmos», «Komandirning qaytishi», «Umidimiz qushlari» kabi badiiy filmlarning operatori. «Bobo» («Kumush ajdar» sovrinini olgan, Krakov), «Ota-onalar uyi» kabi qisqa metrajli, «Suv keldi», «Qizil- qumni dasht-biyobon demagil» kabi to’la metrajli poetik, publitsistik hujjatli filmlarning muallif - rejissyor, operatori. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2001).

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan