SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Raqqosa Karimova Roziya Zaripovna tavallud topgan kun
1916-03-18

Karimova Roziya Zaripovna (1916.18.03, Qozon) - Raqqosa, balet artisti, xoreograf, pedagog, olima. O’zbekiston xalq artisti (1950). O’zbek davlat musiqali teatri qoshidagi teatr studiyasini tugatgan (1932), shu teatr truppasida, 1939-1957 yillar O’zbek davlat opera va balet teatri (hoz. Navoiy teatri)da yakka raqqosa. 1949 yildan O’zbek raqs va xoreografiya oliy bilim yurtida pedagog. 1964 yildan Hamza nomidagi San'atshunoslik institutida katta ilmiy xodim. Spektakllarda lirik va qahramonlik xarakteridagi raqslarni ijro etish bilan birga Anorxon («O’rtoqlar»), Asal («Gulsara»), Osiyo («Arshin mol olon») kabi dramatik rollar ham ijro etgan. Balet partiyalarida o’zbek xalq raqsi harakatlarini pantomima bilan uyg’unlashtirishga harakat qilgan. «Gulandom» (Ye. Brusilovskiy), «Oq bilak» (S. Vasilenko), «Esmeralda» (Ch. Puni) baletlarida Gulandom, Oq bilak, Ona, «Bo’ron» (M. Ashrafiy, S. Vasilenko), «Karmen» (J. Bize) operalarida Kumushoy, Fraskita balet partiyalarini ijro etgan. Karimova Roziya 1957-1960 yillar Muqimiy teatrida baletmeyster. «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon» kabi spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. O’zbek raqsiga oid asarlar, uslubiy o’quv qo’llanmalari muallifi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan