
Rahimova
Sultonposhsha (1929.8.5, Xiva – 1996.5.9, Urganch) – aktrisa, xonanda.
O’zbekiston xalq artisti (1955). 1943 – 1974 yillar Xorazm teatrida ishlagan.
Layli (“Layli va Majnun”), Nurxon (“Nurxon”), Zuhra (“Tohir va Zuhra”), Nodira
(“Nodira”), Oyxon (“Maysaraning ishi”), Sanam (“Aziz va Sanam”), Shohsanam,
Oylarbegim (“Oshiq G’arib va Shohsanam”) kabi rollarini musiqali dramalarda
jozibali ovozi, kuchli dramatik kechinmalari bilan mohirona ijro etgan. Sultonposhsha
Rahimova Shohsanam rolida (“Oshiq G’arib va Shohsanam”). Shuningdek dramalarda Guli (“Alisher Navoiy”), Luiza (“Makr va muhabbat”),
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.