SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova tavallud topgan kun
1896-05-08

(1896.8.5-1991.14.1) – O’zbekiston xalq artisti (1937). 1934 yildan Toshkentda ijodiy faoliyatini 1924 yilda Qo’qon xotin-qizlar havaskorlik to’garagida boshlagan. Qo’qon (1926-1928), Andijon (1928-1931), Marg’ilon (1931-1934) teatrlarida, O’zbekiston davlat musiqa teatrlarida (1934-1939), Muqimiy teatrida (1940-1973) ishlagan. Xalq sa’natiga xos bo’lgan soddalik va mukammalik, o’tkir hajv va zakovat, samimiyat va qudrat, mazmundorlik va ta’sirchanlik kabi hislatlar Said ijodiy uslubining asosini tashkil qiladi. Rollari: teatrda Maysara (“Maysaraning ishi”), Mastura satang (“Xomixon”), Oysara (“Gulsara”), Ona (“Halima”), Yosuman (“Farhod va Shirin”), Risolat chevar (“Muqimiy”), Xadicha xola (“Farg’ona tong otguncha”), Mehriniso (“Mahallada duv-duv gap”), Fotima opa (“Sen ettim emassan”) va boshqalar. Sarimsoqova xonanda sifatida o’zbek xotin-qizlarining xalq ashula qo’shiq va laparlarini mahorat bilan ijro etgan. (“Kuling” “O’zgancha”, “Yor-yor”, “Qilpillama”, “Hakkalakam o’ynasam man” va boshqalar.) Chig’atoy qabristoniga dafn etilgan. Sarimsoqova hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Aya” (19760, “Lutfixon aya” hujjatli filmlari ishlangan. “Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan (2001).” 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy emsiklopediyasi. Toshkent. 2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan