Livingston David (1813.19.03, Blantayr, Lanark grafligi - 1873.01.05,
Chitambo, Zambiya) - Shotlandiyalik sayyoh. Ixtisosi - vrach. Markaziy va
Jananubiy Afrikani tadqiq qilgan. 1840 yilida London missionerlar jamiyati tomonidan
Jananubiy Afrikaga yuborilgan. 1841 - 1852 yillarda Kalaxari bechuanlari
orasida yashab, o’sha yerlarni o’rgandi. 1849 yilida Ngami ko’li va 1851 yilida
Linyanti daryosi hamda KvandoI (Zambezi daryosi [ irmogi) daryosi etagigacha
yetib bordi. 1853-1854 yillarda Zambezi daryosi bo’ylab yurib, Atlantika
okeanining Luanda sohillariga chiqdi. 1855 yilida Zambezi daryosining butun
oqimini deltasigacha o’rgandi va yevropalilardan birinchi bo’lib Viktoriya
sharsharasini ko’rishga muyassar bo’ldi. 1856 yil mayda Kelimane shahri yaqinida
Hind okeani sohiliga yetib kelib, materikni kesib o’tishni yakunladi. Buyuk
Britaniyaga qaytib, 1857 yilida sayohati haqida asarlarini nashr qildirdi;
ushbu sayohati uchun Livingston Davidni Qirollik geografiya jamiyati oltin
medal bilan taqdirladi. Livingston David
2-sayohatida (1858-1864) Shirva va Nyasa ko’llarini tadqiq etdi. 3-sayohatida
(1866-1873) Tanganika ko’lini o’rgandi, Bangveulu ko’li va Laulaba daryosini
tavsifladi. Og’ir xastalanib, orqaga qaytdi va Tanganika ko’lining sharqiy
sohilida, Ujijida to’xtadi. Bu yerda uni G. Stenyai izlab topib, birgalikda
Tanganika ko’lining shimoliy- qismlarini o’rgandilar va Nil daryosining bu ko’l
bilan bog’lanmaganligini aniqladilar. Livingston David sayohati vaqtida Bangveulu
ko’lidan janubroqdagi Chitambo degan joyda vafot etdi. Jasadi Buyuk Britaniyaga
keltirilib, Vestminster abbatligiga dafn etilgan. Sayohati davrida
Livingston David 1000 dan ortiq punktlarning joylashgan o’rnini aniqladi;
birinchi bo’lib Janubiy Afrika relyefining ilmiy tavsifini berdi. Zambiyadagi
shahar, Sharqiy Afrikadagi tog’lar, Kongo daryosidagi sharshara Livingston
David nomi bilan ataladi. Livingston David insonparvar bo’lgan, qullar bilan
savdo qilishga qarshi kurashgan. Shotlandiyada Glazgo shahri yaqinida Livingston
David memorial muzeyi bor.