SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Fizik olim Behzod Yo’ldoshev Sodiqovich tavallud topgan kun
1945-05-09

Yo’ldoshev Behzod Sodiqovich (1945.9.5, Toshkent) – fizik olim, O’zbekiston FA akad. (2000), fizika – matematika fanlari doktori (1981), professor (1987). ToshDU ni tugatgan (1968). O’zbekiston FA Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968 – 1983), direktor (1990 yildan). O’zbekiston FA Fizika – texnika ilmiy tadqiqot institutida labaratoriya mudiri (1984 – 1990). 2000 yil 12 sentyabrdan O’zbekiston FA prezidenti. Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid. Yo’ldoshev rahbarligida Yadro fizikasi institutida jahon standartlariga mos keluvchi radioizotoplarni keng ko’lamda ishlab chiqarish va chetga sotish ishlari yo’lga qo’yildi; mahalliy tog’ – kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qo’shimcha ravishda ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Yo’ldoshev Vashington universiteti fizika fakul’teti professor (1977 -1978, 1980 – 1981, 1989 – 1990) sifatida yuqori energiyali neytrinolarning o’zaro ta’sirida bo’ladigan yadroviy effektlarni o’rganish bo’yicha ilmiy loyihaga rahbarlik qildi. Keyingi yillarda AQSh, Kanada, Rossiya va O’zbekiston fiziklari tomonidan Kanadaning “Triumf” yadroviy markazida va E. Fermi nomidagi Milliy tezlatkichlar labaratoriyasi (Bataviya, AQSh) da hamkorlikda bajarilayotgan xalqaro ilmiy loyihalar rahbari. Yo’ldoshev bir qancha xalqaro akademiyalar va zalqaro jamiyatlar a’zosi, xorijiy universitetlar faxriy doktori. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Bosh tahrir hay’ati a’zosi (2001 yildan). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2 – chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan