SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Fransuz fizigi Jolio-Kyuri Frederik tavallud topgan kun
1900-03-19

Jolio- Kyuri Frederik (1900.19.03 - Parij - 1958.14.08) - Fransuz fizigi. Xalqaro tinchlik tarafdorlari harakati asoschilari va rahbarlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, yadro kimyosi, yadro texnikasiga oid. I. Jolio-Kyuri bilan birgalikda birinchi bo’lib gamma-kvantdan hosil bo’lgan elektron-pozitron juftlari izining fotosuratini oldilar (1933) va shu yilning o’zida fransuz fizigi J. Tibo bilan hamkorlikda birinchi marta elektron-pozitron juftlari annigilyatsiyasins kuzatdilar.Fransuz olimlari G. Alban va L. Kovarskixlar bilan hamkorlikda birinchi bo’lib yadro portlashida zanjir reaksiya bo’lishini isbotlagan (1939), neytron massasining proton massasiga nisbatan bir qancha kattaligini ko’rsatgan (1939). Kollej de Frans yadro fizika va kimyo labarato’riyasida birinchi fransuz siklotronini ishga tushirgan. 1948 yil 15 dekabrda  Jolio- Kyuri rahbarligida Fransiyada birinchi atom reaktori ishga tushirildi. 1940 yilidan Jolio- Kyuri Tinchlik tarafdorlari xalqaro kongressi doimiy qo’mitasining, 1951 yilidan esa Xalqaro Tinchlik Kengashining raisi. Nobel mukofoti (1935), «Xalqaro tinchlikni saqlash uchun» mukofoti (1951) laureati.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan